Farg'ona viloyat o'lkashunoslik muzeyi




Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi  — madaniy-maʼrifiy muassasa; Respublikadagi keksa muzeylardan. Fargʻona shahrida joylashgan.

Tarixi



Fargʻona tarixi muzeyi Oʻzbekiston Respublikasidagi eng keksa muzeylaridan biridir. Muzeyga ilk bor 1894-yilda Yangi Margʻilon (Hozirgi Fargʻona shahri) shahrida oʻtgan savdo koʻrgazmasi vaqtida asosa solingan. Oradan maʼlum bir vaqt oʻtib, 1895-yilda Fargʻona viloyati harbiy Gubernatori tomonidan Gubernatorlik binosining, Gubernator xonasi yaqinida Fargʻona vodiysiga oid tarixiy buyumlarni saqlash uchun 2 ta xona ajaratilgan.1897-yilda muzeyning nizomi tasdiqlangan boʻlsa, 1899-yilning 26-may kuni „Fargʻona viloyat xalq muzeyi“ning (uning birinchi nomi shunday edi) tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi. Bu vaqtga kelib muzeyda 2223 dona tarixiy buyum va kitoblar yigʻilgan edi. 

1911-yilda Fargʻona shahridagi oʻzgarishlar natijasida muzey yopildi va faqat 1920-yilda Fargʻonadagi siyosiy tuzimning oʻzgarishi natijasida, hokimiyat sovetlar qoʻliga oʻtgach, muzey qayta ochildi. Bu vaqtga kelib muzeyning maqsad va vazifasi ham butunlay oʻzgargan edi. Muzeyning nomi esa, „Fargʻona shahar ilmiy muzeyi“ deb atala boshladi. Muzey eski Konstantinovskaya koʻchasidagi binolarning birida 1984-yilga qadar faoliyat olib bordi. 1985-yildan Fargʻona shahrining boshqa qismiga, maxsus muzey uchun qurilgan binoga koʻchib oʻtdi.

1922—1927-yillarda muzey ekspozitsiyasida qishloq xoʻjalik, hunarmandchilik, numizmatika, tabiat, tarix va etnografiya boʻlimlari mavjud edi.

1938-yildan esa, muzey „Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi“ nomi ostida faoliyat koʻrsata boshladi. Bu vaqtga kelib eksponatlar soni 15 mingdan oshgan edi. 1951-1960-yillar oraligʻida Leningrad universiteti bitiruvchilari va keyinchalik muzeyda hodim boʻlib ishlagan N. G. Gorbunova va B. Z. Gamburglar izlanishi va oʻlka, Fargʻona vodiysiga oid qazilma ishlarini olib borishi natijasida muzey 5000 ga yaqin tarixiy va arxeologik buyumlarga boyidi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Fargʻona viloyatning ijtimoiy hayotida muzeyning roli keskin ortdi. Fargʻona Vodiysining tarixiy allomalari Ahmad al-Fargʻoniyning 1200 yillik va Burhoniddin al-Margʻiloniy ning 900 yillik yubileylari Fargʻona tarixi muzeyi xodimlarning sayi xarkatlari natijasida amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi 1913-sonli „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 98-sonli „Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida“gi va 2002-yil 9-yanvardagi „Noyob zargarlik sanʼati asarlarini asragan holda foydalanish va saqlanishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar toʻgʻrisida“gi qarorlari muzey faoliyatini yanada jonlantirib yubordi.

Tavsifi



Bugungi kunda Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi barcha turdagi zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlangan bo‘lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlarida katta samara bermoqda. 

Hozir muzeyda 5 ta (tarix, tabiat, sanʼat, ilmiy-oqartuv va fond) boʻlim va 10 ta (tasviriy sanʼat, metal va sopol buyumlar, maxsus, mato buyumlar, hujjatlar, gazeta va plakatlar, yogʻoch buyumlar, arxeologiya va numizmatika, tabiat, fotonegativ va suratlar) zahiraxonalar faoliyat koʻrsatib turibdi. Muzey binosi 3 qavatdan iborat boʻlib asosiy koʻrish zali ikkinchi qavatda joylashgan. Muzeyning xorijiy mamlakatlardagi muzeylar bilan ham hamkorlik (Angliya, Yaponiya, Rossiya) ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek Toshkent shahrida 1980—1990-yillar oraligʻida Fargʻona muzeyi tarixiy ekspanatlari bilan bir necha koʻrgazmalar tashkil etilgan.

Shuningdek, bugungi kunda Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyining tumanlarda 8 ta tarmogʻi mavjud.

Filial



Bugungi kunda Fargʻona viloyati oʻlkashunoslik muzeyining Fargʻona volyatida 8 ta tarmogʻi mavjud.


Muzeydagi oʻgʻrilik



2022-yilda Muzeyni tartibga solish va ularni moddiy bazasini qayta koʻrib chiqilgan vaqtida, 100 ga yaqin muzeyga oid asrlar tarixiy materillar aslidan qalbakisiga almashtilgani maʼlum boʻldi. Bu xolat aynan qachon roʻy bergani haqida aniq maʼlumotlar berilmagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz