Fargʻona okrugi
Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.
Tarixi
Fargʻona okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Qoʻqon shahri.
1929-yilga kelib okrug tarkibida 11 ta tuman boʻlgan: Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Qoʻqon, Quva, Qudash, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Chust.
1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Farg‘ona okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
1926-yilda okrug aholisi 674,1 ming kishi boʻlgan. Jumladan, o‘zbeklar 80,5%, tojiklar 9,4%, ruslar 3,9%, qirgʻizlar 1,9% tashkil qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org