FARER OROLLARI — Atlantika okeanining shimoliy Sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyanmng Muxtor viloyati. Maydoni 1,4 ming kilometr kvadrat. Orollarning relefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 metr. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirg’oqlari tik, Ford ko’p. Iqlimi subarktika dengiz iqlimi, o’rtacha temperatura Fevralda 4°, iyulda 11°. Yillik yog’in 1500 millimetr. O’tloqlar, torfli botqoqliklar, vereskzorlar bor. Parranda ko’p. Baliq ovlanadi. Qo’y boqiladi. Ma’muriy markazi — Torsxavn. Farer orollarida 7-9-asrlarda kelt qabilalari yashagan. 9-asrdan norveglar ko’chib kela boshlagan. 2-jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida bo’lib kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish