Farengeyt Gabriyel Daniyel




Daniel Gabriel Fahrenheit (talaffuzi: Daniyel Gabriyel Farengeyt) (1686—1736) — nemis fizigi. Buyuk Britaniya va Niderlandiyada ishlagan. Spirtli (1709) va simobli (1714) termometrlar yasagan. Oʻz nomi bilan ataladigan temperatura shkalasini taklif qilgan. Unda umum qabul qilingan tayanch nuqtalari normal atmosfera bosimida muzning erish nuqtasi bilan suvning qaynash nuqtasi orasida temperatura intervali 180 boʻlakka — Fahrenheit gradusi (°F) ga boʻlingan. Muzning erish nuqtasi Fahrenheit shkalasida 32 °F, suvning qaynash nuqtasi 212 °F deb olingan (yana qarang Gradus).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz