Faradometr




Faradometr , faradmetr (farada va ...metr) — sanoat chastotasidagi oʻzgaruvchan tok elektrotexnika buyumlari (kondensatorlar, kabellar va boshqalar)ning elektr sigʻimini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. F.da bevosita oʻlchovchi mexanizm sifatida elektromagnit, elektrodinamik yoki ferrodinamik logometr qoʻllanilgan. Bu F.larning shkalalari mkF va pF da darajalanadi. Magnitoelektr oʻlchash mexanizmli F.lar ham bor.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz