Faradey qonuni
Faradey qonuni - elektrolizning miqdoriy qonunlari. M. Faradey ochgan (1833—34). Faradey qonuni elektrodlarda ajralgan modda massasining modda tabiatiga va elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdoriga bogʻlanishini ifodalaydi. Faradeyning lqonuni elektrodda ajralgan moddaning massasi t elektrolitdan oʻtgan zaryad miqdori q ga toʻgʻri proporsional ekanligini, 2qonuni elektrolitdan bir xil zaryad oʻtganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proporsional ekanligini bildiradi. Faradeyning 2qonunidan turli moddalarning 1 ga ekvivalentini ajratish uchun bir xil zaryad kerakligi kelib chiqadi. Faradey qonunini
m
=
(
Q
F
)
(
M
z
)
,
{\displaystyle m\ =\ \left({Q \over F}\right)\left({M \over z}\right),}
shaklda yozish mumkin, bunda F— Faradey soni.
uz.wikipedia.org