Faqr




FАQR (arab. - kambagʼallik) - tasavvufda tariqat
yoʼliga kirgan orifningtoʼrtinchi maqomi; faqirlik — bu
moddiy yetishmovchilik yoki tilanchilik qilish emas, balki
Xudo oldida oʼzini ojiz, gʼarib va faqir his qilishdir.
Paygʼambar (a.s.): «Faqirlik faxrimdir», deganlari bu
bilan faxrlanish, xalqqa kambagʼalligini, tilanchilarga
xos xayotini koʼrsatish em as, Xudo oldida ojiz va
faqirligini his etib yolvorishdir.
Bu maqomning uch bosqichi bor: birinchi bosqichda orif
nima topsa, shunga qanoat qiladi. Ikkinchi bosqichda orif
oʼzida dunyo molidan kechish hissini tarbiyalaydi. Soʼnggi
bosqichda uning uchun boylik va kambagʼallikning farqi
boʼlmaydi.




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz