Fantastik toʻrtlik (film, 2005)
Fantastik toʻrtlik (inglizcha:
Fantastic Four ) 2005-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, film gʻoyasi Marvel Comics nashriyoti tomonidan tushirilgan shu nomli qahramonlar jamoasiga asoslangandir. Film rejissori — Tim Story. Constantin Film, Marvel Enterprises va 1492 Pictures studiyalari tomonidan ishlangan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Bosh rollarda, Ioan Gruffudd, Jessica Alba, Chris Evans, Michael Chiklis, Julian McMahon va Kerry Washington.
Ushbu kartina shu paytgacha filmlashtirilgan ikkinchi Fantastik toʻrtlik haqidagi live-action filmdir. Bundan avvalgi film The Fantastic Four (Fantastik toʻrtlik), deb nomlanib, unga Roger Corman rejissorlik qilgan, ammo kinokartina ekran yuzini koʻrmadi. Fantastik toʻrtlik filmi premyerasi AQShda 2005-yil 8-iyulda boʻldi. Tanqidchilar tomonidan aralash baholandi, biroq tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Film sikveli Fantastik toʻrtlik: Kumush syorfer tajovuzi boʻlib, 2007-yilda chiqarildi.
Mazmuni
Olim Reed Richards sobiq sinfdoshi Victor von Doomni oʻzining kosmik energiya bilan bogʻliq tajribalarini moliyalashtirishga rozi qiladi. Keyinchalik, von Doomning kosmik stansiyasida fazogir Ben Grimm, tadqiqotchi Sue Storm va uchuvchi Johnny Stormdan iborat ekipaj aʼzolari sirli kosmik boʻronga duchor boʻlishadi. Bu boʻron ularga super-kuchlarni ato etadi. Va ular, keyinchalik, "Fantastik toʻrtlik" deb nomlangan jamoa tuzishib, yovuzga aylangan von Doomga qarshi kurashishadi.
Rollarda
Saundtrek
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org