Fano va baqo
FANO VA BAQO (arab. — fano — foniylik, yoʼqolish, oʼtkinchilik; baqo — boqiylik, barqarorlik).
Fano — yomon xulqlarning yoʼq boʼlishi, baqo esa, yaxshi
xulqlarning barqaror boʼlishi bilan izohlanadi. Yomon
xulqlardan voz kechganlar uchun nafs xohish istaklari fano
(yoʼq) boʼlib ketadi, ezgu niyat va ixlos baqo (doimiylik)
kasb etadi.
Fano holatida solik oʼz xatti-harakatlari manbaini
Alloxda koʼradi. Fano solikning Allohga eng yaqin kelgan
darajasi hisoblanadi. Sufiy adabiyotida „Allohda
yoʼq boʼlib ketish“ iborasi bilan qam mazkur tushuncha
izohlangan. Fariduddin Attor esa „fano“ mazmunida
„istigʼroq“ soʼzini qoʼllagan. Tavhid ummoniga gʼarq boʼlgan
solik ummondan boshqa narsani koʼrmaydi, hatto oʼzini
ham ummon tomchisi sifatida mushohada qiladi. Fano
tushunchasi tasavvufda turlicha tasnif qilingan: fano
az-zot — solik oʼzining mavjud emasligini, faqatgina
Alloh haqiqiy mazmunda mavjud ekanini idrok etadi.
Fano as-sifot — solik insoniy sifatlardan xoli boʼlishi.
Fano al-feʼl — Allohni solik oʼz xatti-harakati va
faoliyati manbasi sifatida mushohada etishi. Shuningdek,
fanoning suluk yoʼlini bosib oʼtish maqomlari bilan
bogʼliq tasnifi ham bor: fano fish-shayx — solik tariqat
shayxi istaklaridan qabul qilish yoʼlida oʼz xohish -
istaklarini voz kechishi. Fano fir-rasul — solikning
Paygʼambar (a.s.) muhabbatiga gʼarq boʼlishi va u zotning
xulqlari bilan xulqlanishi. Fano fillah — solik oʼz
sifat va xususiyatlarini yoʼqotib, Allohning sifatlari
bilan bezanishi. Fano bosqichidan keyin baqo bosqichi
keladi. Fano va baqo tushunchasining paydo boʼlishi
Abu Said al-Xarroz (vaf. 899 y.) nomi bilan bogʼlanadi.
Xarroz fano va baqoni solik uchun eng yuqori bosqich deb
hisoblagan. Keyinchalik bu tushuncha tasavvufiy adabiyotda
keng tarqalib ketdi. Sarroj va J unayd Bagʼdodiy
fano tushunchasiga ehtiyotkorona munosabatda boʼlishga
chaqirganlar. Boyazid Bistomiy va Mansur Hallojning
fano tushunchasiga talqini tanqidchilar tomonidan lohut
va nosutni koʼshib yuborish, deb baholangan. Halloj fano
tushunchasini sham olovi va parvona bilan tasvirlagan
boʼlsa, Rumiy temirchining bosqonidagi temir misoliga
oʼxshatgan. Bu temir shu darajada qizib ketganki, maʼlum
vaqtda u oʼzini olov deb oʼylaydi. Bunday talqinlar keskin
tanqidlarga uchrayverishi oqibatida sufiylar fanoning
axloqiy sifatlar bilan bogʼliq jihatlariga koʼproq urgʼu
berganlar. Fano va baqo tushunchalari vahdatul-vujud
taʼlimotining paydo boʼlishiga xizmat qildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org