FANFARA (Fransuzcha fanfara) — 1) qadimgi puflama mis musiqa cholg’u asbobi, ventilsiz trubaushng uzaytirilgan turi. Ikki marta qayrilgan metal tsilindr va konussimon naydan iborat; 2) tantanali yoki jangovar signal. Yevropa musiqasida ko’proq major uchtovushligiga asoslanadi. Barcha mis puflama sozlarda ham ijro etilishi mumkin. Fanfara ohanglari ommaviy qo’shik, harbiy marsh, shuningdek, opera, simfonik va boshqa asarlarda qo’llaniladi. O’zbek milliy sozlaridan karnay (ayniqsa, bir nechta karnaylar) sadolari ham asosan Fanfara ohanglaridan iborat.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish