Fanat Qahramonov
Fanat Dilshodovich Qahramonov (tugʻ. 23-dekabr 1996-yil Samarqand, Oʻzbekiston) — oʻzbek bokschisi, oʻrta vaznda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Martaba
2018-yilda 75 kg vazn toifasida Fanat finalda Odiljon Aslonovni magʻlub etdi va Oʻzbekiston chempioniga aylandi. .
2019-yilda Yekaterinburg (Rossiya) shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida moʻgʻulistonlik bokschi Davaanyamin Davaasurenni 5:0 hisobida magʻlub etgan . 1/16 da u avstraliyalik Adrian Kammaranoni ham 5:0 hisobida magʻlub etdi. Ammo 1/8da braziliyalik Ebert Konseysanga 3:2 hisobida yutqazdi . Oʻsha yili Oʻzbekiston chempionati finalida buxorolik bokschi Odiljon Aslonovga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.
2020-yilda Amman shahrida (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo va Okeaniya bokschilari oʻrtasidagi lisenziya turnirida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Fanat Qahramonov chorak finalda eronlik bokschi Seyidshahin Musaviyga yutqazib qoʻydi .
Qahramonov 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olishga muvaffaq boʻldi. U 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi start jangida gruziyalik bokschi Giorgiy Xarabadzega qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi. 1/8-da u boks boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori qozogʻistonlik Abilxon Amanqul bilan uchrashdi. Biroq, u uni yenga olmadi va 5:0 hisobida magʻlub boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org