FAKTURA
FAKTURA (lotincha factura — ishlov berish, tuzilish) — 1) iqtisodiyotda xaridor nomiga sotuvchi tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, miqdori va qiymati ko’rsatilgan tovar hujjati; 2) tasviriy san’atda badiiy asar sirti hamda uning ishlanish xususiyatlari. Rangtasvirda Faktura bo’yoq qatlamining xususiyatlarini: masalan, “ochiq” Faktura (keng-keng bo’yoq surtish, bo’yoqning notekis qatlami) yoki “yashirin” Faktura; haykaltaroshlik (haykal, relef va boshqalar) va amaliy bezak san’atida badiiy hunarmandchilik asari sirtining sayqallanganligi, g’adir-budurligi va hokazolarni ifodalaydi. 20-asr san’atida Fakturani murakkablashtirish (kollaj, bo’yoq qatlamiga qipiq, qum qo’shish) bo’yicha tajribalar tarqaldi; 3) musiqada muayyan asarni tashkil qiluvchi bayon vositalari (tembr, registr holati, ovozlar o’zaro nisbatlari va boshqalar) majmui.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz