FAKS MODEM — oddiy modem (matnli axborotlarni kompyuterdan uzatish kabeliga va kabeldan kompyuterga tushunarli ko’rinishda o’tkazuvchi maxsus elektron qurilma)ning barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan, qo’shimcha rasmli, telefaks ma’lumotlarni kompyuterlararo almashish imkoniyatini beradigan qurilma. Ishlatilayotgan ko’pchilik modemlar Faks modemlarlar bo’lib, ularning ayrimlari ovoz almashish imkoniyatiga ham ega. Ular ichki (elektron platali) va tashqi (alohida) qurilma bo’lishi mumkin; bir-biridan ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi (sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma’lumotni uzatish imkoniyatiga ega).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish