FAHD BIN ABDULAZIZ OL SAUD



FAHD BIN ABDULAZIZ OL SAUD (1923, Arriyod) — Saudiya Arabistoni davlat arbobi. Abdulaziz universiteti (1975), Imom Muhammad bin Saud Islom universiteti (1982) ni tugatgan. 1953 yildan Saudiya Arabistoni maorif, ichki ishlar vaziri, bosh vazirning ikkinchi o’rinbosari, 1975 yildan valiaxd va bosh vazir o’rinbosari. 1982 yil 13 iyundan Saudiya Arabistoni Podshohligi podshohi, bosh vazir, qurolli kuchlar oliy bosh qo’mondoni. 1986 yil 27 oktabrdan ikki muqaddas masjid xodimi unvoni sohibi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz