Fagotsitlar




Fagotsitlar (yun. phagos — yutuvchi va ...sit) — odam va hayvonlar biriktiruvchi toʻqimalaridagi himoyaga ixtisoslashgan, fagotsitoz xususiyatiga ega boʻlgan hujayralar. Fagotsitoz hodisasini rus fagot, olimi I.I.Mechnikov kashf etgan (1882). Umurtqasiz hayvonlarda F. vazifasini amyobotsitlar (gemolimfa tarkibidagi harakatchan hujayralar) bajaradi. Umurtqalilarda qonning shaklli elementlaridan biri — neytrofillar (mikrofaglar), retikuloendotelial sistema hujayralari va faol makrofaglarga aylana oladigan mikrogliylar F. hisoblanadi. Neytrofillar mayda zarralar (bakteriyalar va boshqalar) ni, makrofaglar oʻlgan hujayralar yoki ularning qismlarini qamrab olish, manfiy zaryadlangan boʻyoq va kolloid moddalarni toʻplash xususiyatiga ega. Plazmatik membrana bilan oʻrab olingan zarrachalar sitoplazmaga oʻtgandan soʻng fagosomalarga aylanadi. Birlamchi lizosomalar fagosoma bilan qoʻshilib, gidrolizlovchi fermentlar yutilgan zarrachalarni parchalaydi. F. organizmning nospetsifik himoya vositalari sifatida katta ahamiyatga ega.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz