Fagot




Fagot (ital. fagotto — tugun, boglam) — puflamatilchali musiqa cholgʻu asbobi. Taxminan 1530-yillarda bombarda (tilchali yogʻochpuflama soz) asosida ixtiro qilingan. Zarang yogʻochidan yasaladi, qoʻsh tilchali. Silindrkonus simon 2 asosiy (katta va kichik) va ularni oʻzaro bogʻlovchi qoʻshimcha kanali mavjud. Hozirgi Fagotda chalgʻich teshiklari 25—30 ta boʻlib, 5—6 tasi barmoq bn, qolganlari klapanlar bilan berkitiladi. Oʻziga xos tembri, keng texnik imkoniyatlari tufayli asosiy yakkanavoz, ansambl va orkestr sozlari qatoridan oʻrin olgan. Kontrafagot turi ham bor. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, ayrim musiqa litsey va kollejlarida fagot sinflari mavjud.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz