FAETON



FAETON (Yunoncha phaeton — yunon mifologiyasidagi Quyosh xudosi, ya’ni Geliosning o’g’li Faeton nomidan), foytun — 1) tepasi (soyaboni) ochiladigan ot qo’shilgan arava; 2) yengil avtomobil kuzovi; tepa (soyabon) kismi oson ochiladigan, 2 yoki 3 qator o’rindiqli, 2 yoki 4 eshikli bo’ladi. Soyaboni yumshoq material (brezent, sintetik mato) dan yasalib, taxlanadigan karkasga tortiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz