FAETON
FAETON (Phaethon) — kurakoyoqli qushlar turkumi urug’i. 3 turi ma’lum. Tanasi 30-45 santimetr, og’irligi 0,9—1,4 kilogramm. Pati nim pushti, qora xollari bor. Dumi juda uzun. Oyog’i qisqa, nozik bo’lgani uchun quruqlikda qiyinchilik bilan yuradi. Yomon suzadi, biroq yaxshi uchadi. Faeton monogam. 6-12 tadan guruh bo’lib yashaydi. Suv havzalarining xilvat orollaridagi tik qoyalarga uya yasaydi. Bitta tuxum qo’yadi; nari hamda modasi 41-45 kun navbat b-n bosadi. Faeton Hind, Atlantika va tinch okeanlarning tropik qismida tarqalgan. Baliqlar, kalmarlar, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz