Fadik Sevin Atasoy




Fadik Sevin Atasoy — turkiyalik aktrisasi, ssenariy muallifi, rejissyori va yozuvchisi.


Bolalik davri va taʼlimi



Fadik Sevin Atasoy 1975-yil 1-oktabrda Anqarada tugʻilgan. Uning otasi Sönmez Atasoy Erzinjonlik aktyor, onasi Emel Goksu asli gruzin. Onasining ikkinchi turmushidan uning kichik oʻgay ukasi, Eren Keleş bor. Fadik nomini u tugʻilganda otasi sahnalashtirgan „Fadik qiz“ spektakli sharafiga olgan.

1998-yilda Bilkent universiteti musiqa va sahna sanʼati maktabini tamomlagan. Shu universitetda magistraturani ham stipendiya bilan tamomlagan. Keyinchalik u davlat teatrlarida 6 yil ishlagan.

U 2000-yilda Antaliya davlat teatrida doimiy aktrisa boʻlib ishlagan.

Karyerasi



U toʻrt yoshida Izmir davlat teatrida qoʻyilgan „Teneke“ spektaklida ishtirok etgan va bu roli bilan u oʻsha teatr tomonidan uyushtirilgan Selchuk teatr festivalida eng yaxshi aktyor mukofotini olgan. Radioda „Çocuklarla Başbasha“ deb nomlangan bolalar dasturi bilan chiqgan. Uning ekrandagi ilk chiqishi 1982-yilda efirga uzatila boshlangan „Ahmetʼin Günlüğü“ bolalar dasturidagi Meral roli bilan sodir boʻldi. „Bizim Evin Halleri“ teleserialida ilk bor Ryuya roli bilan suratga tushgan. Keyingi yillarda u „Serseri Aşıklar“, „Sev Kardeşim“, „Ah Be Istanbul“ „Ayrilik“, „Ah Kalbim“, „Son Bahar“, kabi filmlardagi rollarni ijro etish orqali televideniye karerasini davom ettirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz