Fabula
Fabula (lot. fabula — masal, ertak, hikoya) — epik, lirik-epik va ba’zan dramatik asarlarda tasvirlangan voqea va hodisalarning bayoni, hikoya qilinish usuli. Ular mantiqan sababiy-davriy izchillikda bayon qilinadi. F. bayonida ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim bir-biridan farqlanadi. F. syujetdan quyidagi tomonlari b-n ajralib turadi:
1) voqealar bayonining tartibi qahramonlar hayotida bo‘lib o‘tganidek emas, balki ayrim o‘rin almashuvlar, ba’zi voqealarni tushirib qoldirish yoki keyin aniqlash tarzida amalga oshiriladi. Mac, Ch. Aitmatoviing «Alvido, Gulsari» asarida shunday;
2) voqealar bayonining sub’ekga hadeb o‘zini namoyon qilavermaydigan (Balzak, «Gorio ota») yoki o‘zining emotsional kayfiyatlarini oshkora ifodalaydigan (Gyugo, «Kulib turuvchi kishi») muallifgina emas, balki tasvirlanayotgan voqealar guvohi bo‘lgan hikoyachi (Mann,
«Doktor Faustus») yoki asardagi biror qahramon (Xeminguey, «Alvido, qurol») bo‘lishi ham mumkin;
3) voqealar bayonining motivi asarda esdalik xotira sifatida (Ayniy, «Esdaliklar»), kundalik shaklida, maktub shaklida (Gyote, «Yosh Verterning iztiroblari»), yilnoma tarzida (Saltikov-Shchedrin, «Bir shahar tarixi») va b. bo‘lishi mumkin.
F. b-n syujetning farqi ba’zi asarlarda yaqqol va ravshan ko‘rinishi, ba’zan esa kamroq sezilishi ham mumkin. F. vositalari orqali muallif asarda voqealar rivojini jonlantirishi, qahramonlar xarakteri taxlilini chuqurlashtirishi, nafasni kuchaytirishi mumkin.
Adabiyotshunoslikda F. atroflicha o‘rganilmagan, uni ortiqcha termin, syujet ichidagi tushuncha deb talqin qilish hollari ham uchraydi.
Nodir Ramazonov.
Manba
O'zME
epik, lirik-epik va ba’zan dramatik asarlarda tasvirlangan voqea va hodisalarning bayoni, hikoya qilinish usuli