Fabritsio Romano




Fabrizio Romano (1993-yil 21-fevralda tugʻilgan) — italiyalik futbol jurnalisti. U Sky Sport Italy TV kanalida ishlagan va futbol transferlari borasida dunyoga mashhur manbalardan biri hisoblanadi.

Hayoti va karyerasi



Romano 1993-yil 21-fevralda Napolida tugʻilgan. Milandagi Università Cattolica del Sacro Cuore universitetida oʻqigan, uning futbol transferi jurnalisti faoliyati 18 yoshida, Barselonadagi italiyalik agentdan Mauro Ikardi transferi haqida maʼlumot olganidan soʻng boshlangan.

19 yoshida Sky Sport Italy TV kanaliga qoʻshilganidan beri u butun Yevropada klublar, agentlar va vositachilar bilan aloqalar oʻrnatdi. Romano, shuningdek, The Guardian, CBS Sports va caughtoffside uchun muxbir sifatida ishlaydi. U Milanda istiqomat qiladi.

Romano transfer shartnomasini eʼlon qilishda qoʻllanilgan „Here we go!“ shiori bilan tanilgan. 90min maʼlumotlariga koʻra, u sportdagi transfer bilan bogʻliq „eng ishonchli“ ekspertlardan biri. Fabrizio Romano dunyodagi futbol muxlislari uchun eng ishonchli jurnalist hisoblanadi. Uning asosiy kuchli tomonlaridan biri, agar u transferning amalga oshishiga 100 % ishonch hosil qilmasa, u hech qachon transfer haqida oʻz sahifalarida eʼlon qilmaydi. Uning obroʻsi va ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari koʻpligi tufayli futbol klublari undan oʻyinchini eʼlon qiluvchi videolarda ishtirok etishni soʻrashdi.

Romano Angliyaning „Uotford“ klubiga muxlislik qiladi. U poliglot boʻlib, ingliz, ispan, italyan va portugal tillarida gapira oladi.

Manbalar




Havolalar



The Guardian nashridagi sahifasi

CBS Sports nashridagi sahifasi

YouTube sahifasi

Instagram sahifasi

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz