Fabri kasalligi




Fabri kasalligi
Fabri kasalligi (Anderson-Fabri kasalligi) — globotriaozilseramid (Gb-3, GL-3, seramid trigeksozid) deb nomlanuvchi yogʻli moddaning organizmda toʻplanishi bilan bogʻliq kam uchrovchi genetik kasallik. Kasallik terining shikastlanishi, oyoq — qoʻl uchlarida ogʻriq, koʻrish qobiliyatining sustligi, buyrak yetishmovchiligi va yurak kasalliklari bilan tavsiflanadi.

Etiologiyasi



Fabri kasalligining sababi X xromosomasining qisqa yelkasida joylashgan GLA genidagi mutatsiya (Xq22). Mutatsiya globotriaozilseramidning parchalanishi uchun mas’ul boʻlgan alfa-galaktosidaza A fermentining kamayishiga olib keladi.
Gb-3 sfingolipidlar sinfiga kiradi — hujayralar qobigʻida (membranada) joylashgan va hujayra sirtini himoya qiladigan yogʻlar guruhiga kiradi. Odatda, ular alfa-galaktosidaza A fermenti tufayli parchalanadi va hujayralardan chiqariladi, ammo ferment yetishmovchiligi bilan Gb3 hujayralarda toʻplanib, ularning normal faoliyatiga taʼsir qila boshlaydi va organizmga jadal tarzda zarar etkazadi, bu turli xil klinik belgilar bilan birga keladi. Kasallik sfingolipidozlar guruhiga kiradi va sfingolipidozlar esa kam uchraydigan irsiy metabolik kasalliklar boʻlgan lizosomal saqlash kasalliklari guruhiga kiradi.
Fabri kasalligining tarqalishi 40 000 tadan 1 taga va 120 000 ta yangi tugʻilgan chaqaloqdan 1 tagacha toʻgʻri keladi. Maʼlumotlardagi farq diagnostikaning qiyinligi va populyatsiyalardagi turli chastotalar bilan izohlanadi.
Kasallik dermatovenerolog J. Fabri sharafiga nomlangan boʻlib, u 1898-yilda birinchi marta oʻn uch yoshli bolada tugunli purpura va keyinchalik albuminuriya holatini tasvirlab bergan.

Patogenezi




Fabri kasalligi X ga bogʻlangan retsessiv tipda toʻliq penetratsion (mutant gen har bir shaxsda oʻz taʼsirini namoyon qilganda) va erkaklarda (gemizigotalarda) har xil ekspressivlik bilan nasldan — naslga oʻtadi. Garchi baʼzi olimlar X-bogʻlangan toʻliq boʻlmagan penetratsiyaga ega boʻlgan dominant irsiylanishini taʼkidlashadi (gen barcha odamlarda koʻrinmaydi). Irsiylanishning turi hozirda mutaxassislar orasida muhokama qilinadigan mavzu boʻlib hisoblanadi.

Gemizigota erkaklarda kasallik gomozigota ayollardagi (ikkita mutant X xromosomaga ega) kabi aniq koʻzga tashlanadigan alomatlar bilan davom etadi. Geterozigotali ayollarda (bitta mutant X xromosomasi boʻlgan) kasallikning atipik shakli koʻpincha topiladi yoki ularda kasallik kelib chiqmasligi ham yaʼni sogʻlom boʻlishi ham mumkin.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, kasallik X xromosomasining (Xq22) qisqa yelkasida joylashgan GLA genidagi mutatsiyadan kelib chiqadi. Bu gen sfingolipid globotriaozilseramid (Gb-3) ning parchalanishi uchun mas’ul boʻlgan alfa-galaktosidaza A fermentining sintezini kodlaydi. Gb-3 oʻz strukturasida terminal alfa-galaktozil qoldigʻini olib yuradi, uning parchalanishi uchun alfa-galaktosidaza A fermenti kerak.Agar bu fermentni kodlovchi gen nuqsonli boʻlsa, parchalanish jarayoni buziladi, bu hujayralardagi glikosfingolipidlarning terminal a-galaktosil qoldigʻiga bilan choʻkma hosil qilishiga olib keladi.

Sfingolipidlar alifatik aminokislotalardan olingan lipidlardir. Ularning parchalanish jarayoni buzilganida, seramidtrigeksozid hujayralar lizosomalarida toʻplanadi. Hujayralarda substratning ortiqcha boʻlishi ularning hayotiy faoliyatini sezilarli darajada buzadi, bu kasallikning funktsiyalari va klinik koʻrinishining oʻzgarishiga olib keladi, neyronlar aro axborot uzatilishi va hujayralar orasidagi aloqa buziladi.

Qon tomirlari devorida, buyraklar va miokardda toʻplangan sfingolipidlar fibrogenez jarayonlarini (chandiq toʻqimalarining bir turini shakllantirish) qoʻzgʻatadi, buning natijasida shu organlarning yetishmovchiligi yuzaga keladi. Tomirlarning endotelial toʻqimalarida substratning toʻplanishi bilan ularning torayishi sodir boʻladi, mikrosirkulyatsiya buziladi va toʻqimalarning gipoksiyasi sodir boʻladi. Bu ishemik kasalliklar rivojlanishining asosiy mexanizmi boʻlib hisoblanadi.
Nerv hujayralarida sfingolipidning toʻplanishi ularning strukturaviy buzilishlariga olib keladi: kalsiy kanallari sonining koʻpayishi, patologik notsiseptiv (ogʻriq) tuzilmalarning shakllanishi, ogʻriq sezuvchanlik yoʻllarining qoʻzgʻaluvchanligining oshishi va tipik simptomlarning rivojlanishi.

Gipogidrozning shuningdek, angidrozning rivojlanishi ter bezlari hujayralarida sfingolipidlarning choʻkishi, innervatsiyaning buzilishi va terining qon bilan taʼminlanishining pasayishi bilan bogʻliq.

Miokardda trigeksozilseramidning toʻplanishi progressiv gipertrofik kardiomiopatiyaning rivojlanishiga olib keladi va koronar vazokonstriksiya yuzaga kelsa, bu ishemik yurak belgilari, oʻtkir koronar sindrom va yurak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi.

Jismoniy zoʻriqish paytida ogʻriqning kuchayishi toraygan tomirlarning spazmi bilan bogʻliq, bu esa asab tolalari trofikasining yomonlashishiga olib keladi, deb taxmin qilinadi.

Trigeksozilseramidning shox pardaga choʻkishi uning xiralashishiga olib keladi va tomirlarning shikastlanishi koʻrish qobiliyatining buzilishiga, koʻrlikka olib kelishi mumkin.

Belgilari




Kasallikning birinchi belgilari




Klinik belgilarning batafsil tavsifi.

Angiokeratoma Fabri kasalligida qon tomirlarning tipik zararlanishi hisoblanadi.

Ogʻiz boʻshligʻi va koʻzning shilliq pardalarida angioektaziyalar rivojlanishi mumkin.

Oftalmik simptomlar




Anderson-Fabri kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda gipogidroz (terlashning kamayishi), baʼzan esa angidroz (terlashning yoʻqligi) kuzatiladi. Bu tananing haddan tashqari qizib ketishiga va yuqori haroratga toqat qilolmaslikka olib kelishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi simptomlari




Yosh oʻtishi bilan yurak-qon tomir tizimi patologik jarayonda ishtirok etadi. Yurakning mushak hujayralarida va tomirlarning endoteliysida (ichki qavatida) sfingolipidlarning toʻplanishi ularning funktsiyalarini buzadi va fibrozning rivojlanishiga (biriktiruvchi toʻqimalarining oʻsishiga) olib keladi.

Bu ultratovush, MRT va EKG tomonidan aniqlangan nafas qisilishi, sternum (toʻsh) orqasidagi ogʻriq, aritmiya, taxikardiya, chap qorincha gipertrofiyasi bilan namoyon boʻladi.

Buyrakning shikastlanishi




===Nevrologik kasalliklardir===

Oshqozon-ichak traktining zararlanishi




Koʻpgina bemorlarda diareya xolati ich qotishi bilan almashib turadi va bavosil rivojlanadi. Baʼzan oshqozon-ichakdan qon ketishi baʼzan sodir boʻladi.

Boshqa tizimlar



Baʼzi bemorlarda yengil temir tanqisligi kamqonligi kuzatiladi, bu tuzatishni talab qilmaydi. Erkaklarda jismoniy va jinsiy rivojlanishda orqada qolish sodir boʻladi.

Koʻpincha, Anderson-Fabri kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarga revmatik isitma tashxisi qoʻyiladi, bu past darajadagi isitma xurujlari va suyak tizimining shikastlanishi bilan bogʻliq.

Suyak buzilishlari patologik jarayonda distal interfalangeal boʻgʻimlarning ishtirok etishi, umurtqa pogʻonasining mineral zichligining pasayishi va sonsuyagi boshchasining aseptik nekrozi bilan namoyon boʻladi.

Kasallikning ogʻir kechishida ogʻriqli paresteziyalar, odamning psixo-emotsional sohasi buziladi, bu depressiv holatlarga olib keladi. Baʼzi hollarda, kasallikning kuchli ogʻriqli namoyonlari bilan bemorlar oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlishadi.

Tasnifi va rivojlanish bosqichlari



Fabri kasalligining ikkita asosiy shakli mavjud :

Asoratlari



Asab tizimidan:

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

Buyraklar tomonidan:

Boshqa tizimlar:

Oʻlim koʻpincha hayotning toʻrtinchi oʻn yilligida uremiya yoki miya va yurakning ishemik shikastlaridan kelib chiqadi.

Diagnostikasi



Zararlangan organlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida davolash va asoratlarni oldini olish uchun erta tashxis qoʻyish juda muhimdir.

Fabri kasalligini tashxislashning muhim usuli bu bemorning genealogik tarixini baholashdir. Bu oʻz kasalliklaridan bexabar boʻlgan shunga oʻxshash alomatlarga ega boʻlgan qarindoshlarni aniqlashi mumkin. Anderson-Fabri kasalligi uchun mas’ul boʻlgan gen koʻp avlodlarga oʻtishi mumkin, shuning uchun bemorning yaqin va uzoq qarindoshlarida ham kasallik boʻlishi mumkin. Kasallikni irsiylanish xavfini aniqlash uchun barcha maʼlum oila aʼzolarining sogʻligʻi haqida maʼlumot toʻplash kerak.

Dastlabki tashxis soʻrov natijalari, bemorning shikoyatlarini toʻplash va genealogik tarixni baholash asosida amalga oshiriladi. Tashxisni tekshirish uchun substratlar va fermentlarni aniqlash usullari, shuningdek DNK diagnostikasi qoʻllaniladi.

Fabri kasalligini keng tarqalgan kasalliklardan ajratish juda qiyin boʻlishi mumkin va bemorlar toʻgʻri tashxis qoʻymasdan yillar oʻtishi mumkin. Fabri kasalligining differentsial diagnostikasi

Davosi



Fabri kasalligini davolash — bu yetishmayotgan fermentni oʻrnini fermentoterapiya yoʻli bilan toʻdirish hisoblanadi. Preparatning tomir ichiga yuborish bilan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda fermentlarni almashtirish terapiyasi uchun ikkita dori qoʻllaniladi: Djenzaym tomonidan „Fabrazim“ va Shayer tomonidan „Replagal“. Ushbu dorilar juda qimmat.
Ogʻriqni yoʻqotish uchun antikonvulsantlar, antidepressantlar, analgetiklar, steroid boʻlmagan yalligʻlanishga qarshi dorilar va narkotik analgetiklar guruhidan dorilar qoʻllaniladi. Bemorlarga antigipertenziv dorilarni qoʻllash koʻrsatiladi.

Oxirgi bosqichli buyrak etishmovchiligi rivojlanishi bilan buyrak transplantatsiyasi amalga oshiriladi. Donorlar bemorning qarindoshlari boʻlishlari tavsiya etilmaydi.Eshitish qobiliyatini yoʻqotishni tuzatish uchun eshitish vositalaridan foydalanish koʻrsatiladi.Fabri kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarning jismoniy faolligi simptomlarning kuchayishi va tananing haddan tashqari qizishi tufayli cheklangan boʻlishi kerak.

Fermentoterapiya buyurish maqsadga muvofiq boʻlmagan holatlar:

Oqibati va oldini olish



Toʻgʻri va oʻz vaqtida fermentoterapiya yoʻli bilan davolansa bemorlar uchun kasallik oqibati yaxshidir.
Agar davolanmasa, yurak-qon tomir, nevrologik va buyrak asoratlaridan oʻlim hayotning toʻrtinchi oʻn yilligida sodir boʻladi.

Kasallikning oldini olish prenatal yoki preimplantatsiya (EKO uchun) DNK diagnostikasi orqali mutant gen mavjudligini tashxislashdan iborat. Bundan tashqari, tibbiy sabablarga koʻra homiladorlikni toʻxtatish mumkin. Baʼzida alfa-galaktozidaza A faolligini aniqlash bilan quruq qon dogʻlarini skrining tekshiruvi oʻtkaziladi.
Fermentoterapiyani oʻz vaqtida qoʻllash, kasallikning klinik koʻrinishi va uning asoratlarini oldini olish uchun Fabri kasalligi belgilari va genning potentsial tashuvchisi boʻlgan barcha bemorlarni tekshirish kerak.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz