Fabio Castellano
Fabio Castellano (talaffuzi: Fabiyo Kastello) (1998-yil 14-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Fabio Castellano hozirgi kunda Italiya C seriyasining „Imolise“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Fabio Castellano oʻzining futbolchilik faoliyatini „Atalanta“ klubida boshlagan. Fabio Castellano olti yoshida futbol oʻynay boshlagan („Atalanta“ klubida), lekin hech qachon klubda yuqori darajadagi oʻyin koʻrsatmagan. Fabio Castellano 2017-yilda „Ascoli“ klubi bilan shartnoma imzolashdan oldin „Pro Vercelli“ klubida (ijara asosida) oʻynayotganida professional debyutini amalga oshirgan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Atalanta
Fabio Castellano „Atalanta“ akademiyasi bitiruvchisi boʻlib, u klubga olti yoshida qoʻshilgan edi. 2014-yilda Fabio Castellano „Atalanta“ klubida qolish uchun „Manchester United F.C.“, "Chelsea F.C.", „Inter“ va "Milan" klublaridan kelgan takliflarni rad etganidan soʻng, ommaviy axborot vositalarining qiziqishiga va keng miqyosda yoritilishiga sabab boʻldi.
"Pro Vercelli" klubiga ijara
2016-yil iyul oyida B seriya vakili „Pro Vercelli“ klubi Fabio Castellanoni ijaraga olganini tasdiqladi. Fabio Castellano „Pro Vercelli“ klubdagi debyutini 22-oktyabr kuni o‘tkazdi va „Hellas Verona F.C.“ klubiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan oʻyinda Simone Emmanuelloning oʻrniga 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2017-yilning yanvarida „Atalanta“ "Juventus" bilan Castellanoni sotish boʻyicha kelishuvga erishgani va futbolchi mavsumning qolgan qismida „Pro Vercelli“ klubida qolishi haqida xabarlar tarqaldi. Ammo keyinroq maʼlum boʻldiki, „Atalanta“ va „Juventus“ transfer bozori yopilishidan oldin kerakli hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Ascoli
2017-yilning 30-avgustida Fabio Castellano B seriya vakili „Ascoli“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Fabio Castellano „Ascoli“ klubidagi debyutini 2018-yilning 17-martida o‘tkazdi va „Ternana“ klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.
"Juve Stabia"klubiga ijara
Fabio Castellano 2018-2019-yilgi mavsum uchun 2018-yining 29-avgustida C seriya vakili „Juve Stabia“ klubiga ijara asosida oʻtdi.
Alessandria
2019-yil 15-iyulda Fabio Castellano C seriya vakili „Alessandria“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Livorno
Fabio Castellano 2021-yil 1-fevralda „Livorno“ klubida oʻz faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
Pistoiese
Fabio Castellano 2021-yil 25-avgustida „ Padova“ klubiga qoʻshildi va „Pistoiese“ klubi tarkibiga ijara asosida qoʻshildi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Italiya yoshlar terma jamoasi
Fabio Castellano Italiya terma jamoasi safida turli yosh darajasida maydonga tushib Italiya sharafini himoya qilgan. Fabio Castellano 2015-yilning 13-avgust kuni Bolgariya terma jamoasi bilan 0:0 hisobidagi durang oʻyinda „Atalanta“ klubidagi jamoadoshi Simone Mazzocchi bilan birga Italiya terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org