Fabio Cannavaro
Fabio Cannavaro (talaffuzi: Fabiyo Kannavero) (1973-yil 13-sentyabrda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Fabio Cannavaro hozirda B Seriyada „Benevento“ klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Faoliyati
Fabio Cannavaro faoliyatining asosiy qismini markaziy himoyachi sifatida Italiya Seriyasida oʻtkazdi. Fabio Cannavaro oʻz faoliyatini „Napoli“da boshlagan va u bilan ikki marta Italiya kubugini (1999 yilda Italiya Superkubogi va 1999-yilda UEFA kubogini) qoʻlga kiritgan. „ Internazionale“ va "Juventus" klublarida oʻynaganidan soʻng, Fabio Cannavaro (menejer Fabio Capello bilan birga) 2006-yilda „Juventus“ klubidan „Real Madrid“ klubiga oʻtdi. Fabio Cannavaro „Real Madrid“ klubi bilan birga 2007 va 2008-yillarda ketma-ket La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2009-2010-yilgi mavsumda Fabio Cannavaro „Juventus“ga qaytganidan soʻng, u Dubayning " Al-Ahli " jamoasiga qoʻshildi. 2011-yilda Fabio Cannavaro „Al-Ahli“ klubidagi oʻyinida jarohat olgan mavsumidan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunladi. U barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Cannavaro 1994 va 1996-yillarda 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatlarida ketma-ket gʻolib chiqqan Italiya jamoasi tarkibida boʻlgan. 1997-yilda Fabio Cannavaro kattalar jamoasi tarkibiga kiritildi va keyinchalik 202-yilda jamoa sardori Paolo Maldini nafaqaga chiqqanidan keyinu jamoa sardor boʻldi. Cannavaro 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Italiyani gʻalabaga olib keldi va himoyadagi oʻyinlari tufayli italiyalik muxlislari unga "Il Muro di Berlino" („Berlin devori“) laqabini berishgan.Turnirning ikkinchi eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilganidan soʻng Fabio Cannavaro "Kumush toʻp " bilan taqdirlandi. 2009-yilda Cannavaro Maldinini ortda qoldirib, mamlakat tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi. Fabio Cannavaro 2010-yil 25-iyunda Italiya terma jamoasi JCh-2010ning pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan soʻng, terma jamoa safida 136 oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan holda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi. Umuman olganda, Fabio Cannavaro Italiyani toʻrtta Jahon chempionatida, ikkita UEFA Yevropa chempionatida, 1996-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida himoya qilgan. Hozirda Fabio Cannavaro Gianluigi Buffondan keyin Italiyaning barcha vaqtlardagi ikkinchi oʻyinchisi va Italiyaning eng koʻp maydonga tushgan himoyachisi hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti
Fabio Cannavaro 1996-yil 17-iyunda Daniela Arenosoga (1974-yilda tugʻilgan) uylandi. Ularning uchta farzandi bor: Christian (1998-yilda tugʻilgan) — ayni paytda futbolchi, hozirda A Seriyaning „Benevento“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynamoqda, Martina (2001-yilda tugʻilgan) va Andrea (2004-yilda tugʻilgan).
Faoliyat statistikasi
Oʻyinchi
Klub[9]
Xalqaro Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org