Fabián Castillo




Fabián Andrés Castillo Sánchez (talaffuzi: Fabian Andres Kastillo Sanches) 1992-yil 17-iyunda Kolumbiyada tavallud topgan. Kolumbiyalik futbolchi „Querétaro“ klubi va Kolumbiya milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

2015-yilning iyul oyida Castillo Sánchez Qoʻshma Shtatlarda muqim yashash ruxsatnomasini oldi.

Jamoalardagi faoliyati



Castillo Sánchez „Deportivo Cali“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yilning 7-fevralida u Mustang kubogida „Millonarios“ga qarshi debyut qildi. 19-iyul kuni „Deportes Tolima“ga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safidagi ilk golini urdi. Oʻzining birinchi mavsumida Castillo Sánchez jamoaga Kolumbiya kubogini yutishda yordam berdi.

2011-yil boshida Castillo Sánchez Amerikaning „Dallas“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Shartnoma 3 yilga tuzilgan, transfer summasi 800 ming dollarni tashkil qilgan. 27-mart kuni „San Jose Earthquakes“ga qarshi Castillo Sánchez MLSda debyut qildi. 2-may kuni „Los Angeles Galaxy“ga qarshi kechgan bahsda Castillo Sánchez „Dallas“ uchun birinchi golini urdi.

2016-yilning yozida Castillo Sánchez Turkiyaning „Trabzonspor“ jamoasiga oʻtdi. 20-avgust kuni „Kasımpaşa“ga qarshi oʻyinda u Turkiya Superligasida debyut qildi.

Xalqaro faoliyati



2009-yilda Castillo Sánchez Nigeriyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Turnirda u Gollandiya, Eron, Argentina, Turkiya va Ispaniyaga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2011-yilda Castillo Sánchez Janubiy Amerika yoshlar chempionati uchun Peruga yoʻl oldi. Turnirda u Chili, Argentina, Paragvay, Urugvay, Boliviya va ikki marta Ekvador va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Oʻsha-yilning yozida Castillo yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Mali va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2015-yil 9-sentabr kuni Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Castillo Sánchez Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qildi.

Jamoalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz