Fabiano Karuana
Fabiano Luiji Karuana ( italyancha: Fabiano Luigi Caruana ; tug'. 1992-yil 30-iyul, Mayami, Florida, AQSH ) — asli italyan boʻlgan amerikalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (2007 ).
Biografiyasi
1992-yil 30-iyulda Mayamida tug'ilgan, to'rt yoshida ota-onasi - Lu va Santina Karuana bilan Nyu-Yorkka ko'chib o'tishgan.
Karuana besh yoshida shaxmat o'ynashni o'rgangan va olti oy o'tgach, shaxmat turnirlarida birinchi o'yinini o'tkazgan. Sakkiz yoshdan o'n ikki yoshigacha grossmeyster Miron Sher qo'l ostida tahsil olgan.
12 yoshga to'lganda ya'ni 2004-yil noyabrda uning oilasi Madridga ko'chib o'tdi va u erda Boris Zlotnik murabbiyligi ostida mashg'ulotlarni boshladi. 12 yoshida u Xalqaro shaxmat federatsiyasi ( FIDE) ustasi unvoniga sazavor bo'ldi.
2007-yilda oilasi Budapeshtga ko'chib o'tdi va u erda Aleksandr Chernin bilan mashg'ulotlarini davom ettirdi. Unga Aleksandr Belyavskiy va Yuriy Razuvaev kabi mashhur grossmeysterlar yordam berishdi. So'nggi ikki yilda unga Vladimir Chuchelov murabbiylik qildi.
Shaxmat faoliyati
Fabiano to'rt karra Italiya chempioniligiga sazovor bo'lgan (2007, 2008, 2010, 2011). U 15 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo'ldi, bu shaxmat tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri, ayniqsa Italiya va AQSh uchun 2014-yil noyabrigacha milliy rekord bo'lgan (keyin uning AQShda rekord Samuel Sevyan tomonidan yangilandi).
Karuana Flissingen (2007), Veyk an Zee (C turniri, 2008) va Veyk an Zee (B turniri, 2009) turnirlari g'olibi bo'ldi. 2009-yilgi FIDE Jahon chempionatida u Vugar Gashimovga yutqazib, 4-bosqichga chiqdi.
Biel-2010 xalqaro shaxmat festivali, 2012 va 2014-yillarda Dortmundda o‘tkazilgan shaxmat turniri g‘olibi bo'ldi. 2013-yilgi Syurix turnirida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Jahon chempionlari: Mixail Chigorin (2013-yil 27-fevraldan), Evgenio Torre va Efim Bogolyubov ramziy klublari a'zosi.
2014-yil sentyabr oyida Sent-Luisdagi superturnirdagi yorqin g‘alabadan so‘ng (10 ochkodan 8½ ochko, turnir boshida ketma-ket 7 ta g‘alaba) Elo reytingi tarixidagi uchinchi pog'onani qo‘lga kiritdi – 2836 . 2014-yil oktyabr oyida uning rayting ko'rsatkichi 2844 yetdi.
2016-yilning 25-aprelida Fabiano birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, 11 balldan 8½ ochko to‘plagan holda shaxmat bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar chempioni bo‘ldi.
Karuana 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogining dastlabki bosqichida Yevgeniy Najerga yutqazib qo'ydi. Mag'lubiyatga qaramay, shaxmat bo'yicha nomzodlar turniri 2018 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi, chunki turnir vaqtida uning reyting ko'rsatkichi 2784 edi.
2018-yil iyun oyida u Norvegiyaning Stavanger shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha super turnirda 8 balldan 5 ochko to‘plab g‘oliblikka erishti .
U 2018-yil mart oyida Berlinda bo'lib o'tgan shaxmatga nomzodlar turnirida g'olib chiqdi (14 balldan 9 ball), buning natijasida u 2018-yilgi shaxmat bo'yicha jahon chempionatining amaldagi chempioni Magnus Karlsen bilan o'yinda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Uchrashuv Londonda bo'lib o'tdi, 12 ta durang (jahon chempionatlari tarixida birinchi marta), tay-brekdagi keyingi uchta o'yinda mag'lub bo'ldi.
2020-yil yanvar oyida u Veyk-an-Zi dagi asosiy turnir ( Tata Steel Masters ) g‘olibiga aylandi.
Sportdagi natijalari
Reyting o'zgarishi
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org