Fabiana Rosales
Fabiana Andreina Rosales Gerrero (ispancha: Fabiana Andreina Rosales Guerrero. 1992-yil 22-aprel, Tovar, Merida, Venesuela) - venesuelalik jurnalist va ijtimoiy tarmoqlarda faol huquq himoyachisi. U Milliy Assambleya prezidenti Xuan Guaydoning rafiqasi va Venesuela prezidentini mamlakatda davom etayotgan siyosiy inqirozning sababchisi sifatida qisman tan olgan. Ko'pchilikni hayron qoldirgan holatda Rosales Oq uy va Venesuela Milliy Assambleyasi tomonidan Venesuelaning birinchi xonimi sifatida qabul qilinadi.
Oila va ma'lumoti
Fabiana Rosales 1992-yil 22-aprelda Tovar shahrida (Merida shtati) fermer Karlos Rosales Belandria va jurnalist Elsi Gerrero oilasida dunyoga keladi. Bolaligida u onasining jurnalistik faoliyatini kuzatib, ijtimoiy sohalarga qiziqib qoldi. U oilaviy fermani boshqarishga yordam berdi, shuningdek, jurnalistikani ham o'qidi. Uning otasi 2013-yilda yurak xurujidan keyin vafot etdi. Rosales otasining o'limini o'sha paytda Venesuelada oziq-ovqat yetishmasligi bilan bog'laydi. Uning amakivachchasi xuddi shunday sabab bilan vafot etgan, chunki unga qon quyish kerak bo'lganda donor topilmagan. 2013-yilda u Marakaybodagi Rafael Belloso Chasin universitetini jurnalistika va ijtimoiy kommunikatsiyalar yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Shundan so'ng, Rosales Merida shtatida, shahar kengashida matbuot kotibi bo'lib ishlagan va Karakasda ham xuddi shunday lavozimda ishlagan.
Rosales Juan Guaido bilan yoshlar mitingida uchrashishgan edi va ular 2013-yilda turmush qurishdi. 2017-yilda ularning qizi farzandi dunyoga keldi.
Siyosiy faolligi
Universitetda o'qish paytida Rosales " Xalq irodasi " muxolifat partiyasida ishlagandi (ispancha: Voluntad Popular). Oʻzini huquq himoyachisi sifatida koʻrsatib, 2021-yil aprel holatiga koʻra Instagramda 770 000 dan ortiq obunachiga ega bo'lib oladi. Rosalesning ta'kidlashicha, uning faoliyatiga turtki bo'lgan omil bu: "qizining Venesuelani tark etish istagi bilan katta bo'lishni istamasligi" va u "qizi erkin Venesuela"da yashashi uchun ishlashdir.
Venesueladagi prezidentlik inqirozi davrida Juan Guaido Venesuela Milliy Assambleyasi tomonidan prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va bu Nikolas Maduroning qonuniy prezidentligiga qarshi chiqdi. Dunyo boʻylab 50 dan ortiq hukumatlar Juan Guaidoni Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida tan oldi. Bu bilvosita Rosalesga Venesuela birinchi xonimi oʻrniga daʼvo qilish huquqini bergan edi. U Reuters agentligiga josuslar va “ hukumatparast qurolli guruhlar ” Juan Guaido va uning oilasi ortidan doimiy kuzatib yurishini aytib o'tgan.
Xalqaro munosabat
The New York Times gazetasi Rosales " inqirozga uchragan mamlakatni o'zgartirishga qaratilgan, Juan Guaidoning kampaniyasida taniqli shaxsga aylanganini" yozgan. U muxolifatning xalqaro elchisi rolini o'z zimmasiga oldi, muxolifat va o'z mamlakatini qo'llab-quvvatlash uchun Venesuela diasporasi va turli mintaqa rahbarlar bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazib kelmoqda. Rosales Lotin Amerikasidagi xalqaro siyosiy faoliyatini 2019-yil mart oyida boshladi. Peru va Chili prezidentlari Martin Vizkarra va Sebastyan Pinera bilan uchrashuvlar o'tkazishdan boshladi.
O'sha yilning 27 mart kuni Rosales Oq uyga tashrif buyurdi va u yerda AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens bilan uchrashdi. U Venesueladagi inqirozning jiddiyligini takidlab, uni "erkinlik yoki diktatura, hayot yoki o'lim" o'rtasidagi tanlov deb ta'rifladi. Tramp “Venesuelaning birinchi xonimini qabul qilish katta sharaf” ekanligini jurnalistlarga aytib o'tgan edi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org