Fabian Delph
Fabian Delph (talaffuzi: Fabian Delf; 1989-yil 21-noyabrda Angliyada tugʻilgan) — angliyalik yarim himoyachi. Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Delph faoliyatini „Bradford City“ futbol klubida boshlagan.
2015-yilning 17-iyulida u 8 million funt sterling evaziga "Manchester City" futbol klubiga oʻtdi. Shartnoma 5 yilga imzolangan. Dastlabki ikki mavsumda u "Manchester City" futbol klubining asosiy tarkibidan mustahkam oʻrnini egallay olmadi va shu sababli futbolchi koʻpgina oʻyinlarda zaxiradan maydonga tushirilgan.
Xalqaro faoliyati
2008-yilning mart oyida Fabian Delph Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida debyut qilgan. 2008-yilning noyabrida 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabian Delphni birinchi marta jamoa tarkibiga kiritgan. Futbolchining Chexiya terma jamoasi bilan oʻyinda debyut qilgan.
2014-yil 3-sentyabr kuni u Angliya terma jamoasi safida Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan va ushbu oʻyin Angliyaning g‘alabasi bilan yakunlangan. Fabian Delph EURO-2016 saralash oʻyinlarida ishtirok etgan, ammo jarohati sabab turnirni oʻtkazib yuborgan.
2018-yilda u Angliya terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibiga kiritilgan. Turnirda u toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
2008-yil 23-avgustda u toʻrt doʻsti bilan uyga qaytayotganda mast holda mashina haydaganlikda ayblangan va hibsga olingan. Sud uni tezlikni oshirganlikda aybdor deb topgan va unga 1400 funt sterling miqdorida jarima toʻlash va 60 funt sterling miqdoridagi sud xarajatlarini qoplashni buyurgan. Shu bilan bir qatorda, 1,5 yilga litsenziyasidan mahrum qilingan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org