F



F — o‘zbek Kirill alifbosining yigirma ikkinchi harfi; sirg‘aluvchi, lab-tish, shovqinli jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So‘z boshi (foyda, fuqaro, futbol), o‘rtasi (oftob, hafta, shifer) va oxiri (alif, takalluf, sharaf) da kela oladi. Asosan, arab, fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda, rus tili orqali olingan baynalmilal so‘zlarda uchraydi. Talaffuzda, shevalarda va og‘zaki nutkda f tovushi ko‘pincha p tovushiga, ba’zan b tovushiga almashinadi (fabrika > pabrika, Fotima > Potima, daftar > daptar, sadaf > sadap; afzal > abzal va b.), lekin bu hodisa yozuv (imlo) da aks etmaydi.
F harfi avesto, turkiy (uyg‘ur) yozuvlarida, shuningdek, arab va lotin alifbolari asosidagi o‘zbek yozuvida o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega.

Manba



O'zME
o‘zbek Kirill alifbosining yigirma ikkinchi harfi


TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz