Eʼzozxon Isroilova
Eʼzozxon Isroilova (1923-yil, Qizil Yulduz qishlogʻi, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1946).
Tarjimayi holi
Eʼzozxon Isroilova 1923-yili Izboskan tumani, Qizil Yulduz qishlogʻida tavallud topgan. 1965-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan. Izboskan tumanidagi „Oʻzbekiston“ (sobiq „Kommunizm“) kolxozida brigada boshligʻi (1941—1945), rais (1945—1965), 1965-yildan Izboskan tumanidagi qishloq xoʻjaligi boshqarmasi bosh agronomi boʻlib ishlagan. Isroilova rais boʻlgan kolxozda paxta maydoni 150 gektardan 1550 gektarga kengaygan, paxta hosildorligi gektariga 13 sentnerdan 36 sentnerga oshgan. 2—6-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1966-yillar) etib saylangan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org