Ezop masallari
Baxtsiz tasodif tufayli bir Tulki o‘raga tushib ketibdi. U hech o‘radan chiqishning ilojini qilolmabdi. Bir payt tepadan Echki o‘tib qolibdi. U Tulkidan pastda nima qilayotganini so‘rabdi.— Ey, hali eshitmadingmi? — debdi Tulki. — Yaqinda qurg‘oqchilik bo‘larmish, shuning uchun men bu yerga suv borligiga ishonch hosil qilish uchun tushdim. Balki sen ham tusharsan? Echkiga bu maslahat ma’qul kelib, pastga sakrabdi. Ammo Tulki tezlik bilan uning orqasiga chiqib, oyoqlarini uning uzun shoxlariga qo‘yibdi-da, o‘radan chiqib olibdi.— Xayr, do‘stim, — debdi Tulki, — keyingi safar esingda tursin: Hech qachon o‘zi mushkul ahvolda qolganning maslahatiga quloq solma.BALIQCHI VA BALIQCHABaliqchi kun bo‘yi baliq tutishga harakat qilib faqat kichkinagina Baliqchani tutibdi.— Yolvoraman, meni qo‘yib yubor, — debdi Baliqcha. — Men hozir yeyishing uchun judayam kichkinalik qilaman. Agar hozir meni daryoga qo‘yib yuborsang, men tezda o‘saman, keyin sen mendan ajoyib¬ taom tayyorlaysan.— Yo‘q, yo‘q, Baliqcham, — debdi Baliqchi, — men seni hozir yeyman, bundan keyin seni tutolmasligim mumkin.Qissadan hissa: Kelajakdagi nasiya katta narsadan ko‘ra, qo‘lingdagi naqd kichik narsa afzal.SICHQONLAR KENGASHIMushukning doimiy xavf solishidan tushkunlikka tushgan sichqonlar muammolarini hal qilish uchun kengash chaqirishibdi. Ular birin-ketin bildirilgan rejalarni tahlil qilib, ularni rad eta berishibdi. Oxiri bir yosh Sichqon mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osib qo‘yishni taklif qilibdi. — Qanday ajoyib fikr, — deb qichqi¬rishibdi ular, — bu Mushuk kelganda qochish uchun juda yaxshi ogohlantirish!Ular bu taklifni zavq-shavq va olqish¬lar bilan qabul qilishibdi. Shunda keksa bir Cichqon o‘rnidan turib:— Bu rostdan ham juda yaxshi maslahat va, shubhasiz, bizning muammomizni hal qiladi, — debdi. — Biroq Mushukning bo‘yniga qaysi birimiz qo‘ng‘iroqni ilamiz?!Qissadan hissa: Taklif qilish bosh¬qa, uni bajarish boshqa.IKKI DO‘ST VA AYIQIkki do‘st o‘rmonda aylanib yurganlarida to‘satdan ayiqqa duch kelib qolishibdi. Ulardan birinchisi shoshib daraxtga chiqib olibdi va ayiqning changalidan qutulib qolibdi. Ikkinchisi esa, hech narsa qo‘lidan kelmasligini bilib, o‘zini o‘lganga solib yotib olibdi.Ayiq yerda yotgan kishining oldiga kelib, qulog‘ini hidlabdi. Hatto uni turtib ham ko‘ribdi. Kishini o‘lgan deb o‘ylab, unga tegmasdan ketib qolibdi.Ayiq ketgach, haligi kishining do‘sti daraxtdan tushib kelib: — Do‘stim, ayiq qulog‘ingga nima deb shivirladi? — deb so‘rabdi.— U menga: qiyinchilik paytida tashlab ketadigan do‘st bilan sayohatga chiqishni yaxshilab o‘ylab ko‘rmabsan-da, dedi, xolos, — deb javob beribdi do‘sti.Qissadan hissa: Do‘stlik qiyinchilikda sinaladi.TOVUQ BILAN TULKIBaland daraxt shoxiga qo‘nib, qag‘-qag‘lab yotgan Tovuqning tovushi butun o‘rmonga taralib, ochlikdan sillasi qurigan Tulkining e’tiborini tortibdi. Tovuqning baland shoxda turganini ko‘rgan Tulki uni hiyla bilan pastga tushirib, yemoqchi bo‘libdi.— Kechirasan, qadrdonim Tovuq, — deb gap boshlabdi u, — sen yirtqichlar bilan qushlar, umuman, o‘rmonimizdagi barcha jonzotlar o‘rtasida tuzilgan tinchlik bitimi haqida hali eshitmadingmi? Bundan keyin biz bir-birimizni ovlamaymiz, aldamaymiz va o‘g‘irlamaymiz, balki tinchlikda, hamjihatlikda yashaymiz. Pastga tush, bu haqda yaxshilab gaplashib olamiz. Tulkining mug‘ombirligini yaxshi bilgan Tovuq hech narsa demay, xuddi bir narsaga tikilgandek yo‘lga qarab turaveribdi.— Nimaga buncha tikilib qolding? — deb so‘rabdi Tulki.— Men bir to‘da itlarni ko‘rayapman, — debdi Tovuq, — adashmasam, ular biz tomonga kelishayapti, janob Tulki.— Shunaqami, unda men ketishim kerak, — debdi Tulki.— Iltimos, janob Tulki, ketmay turing, — debdi Tovuq, — men endi tushmoqchi bo‘lib turuvdim. Keling, itlarni kutib turamiz, ular kelgandan so‘ng tinchlik bitimini birga muhokama qilamiz.— Yo‘q, yo‘q, — debdi Tulki, — men ketishim kerak, itlar hali tinchlik bitimi haqida eshitmagan bo‘lishlari mumkin.Qissadan hissa: To‘satdan taklif qilingan do‘stlikdan ehtiyot bo‘ling.KO‘RSHAPALAK, QUSHLAR VA YIRTQICHLARQushlar bilan yirtqichlar o‘rtasida katta nizo chiqibdi. Ikkala tomon ham o‘ziga qo‘shin yig‘a boshlabdi. Ko‘rshapalak qaysi tarafga qo‘shilishni bilmay, ikkilanib qolibdi. U turgan shox oldidan o‘tib ketayotgan qushlar:— Yur, bizlar bilan, — deyishibdi.Ammo Ko‘rshapalak:— Men yirtqichman, — debdi.Keyinroq ini tagidan o‘tib ketayotgan yirtqichlar tepaga qarab shunday deyishibdi:— Yur, bizga qo‘shil.Lekin u: — Men qushman, — debdi.Xayriyatki, oxirgi lahzalarda tinchlik o‘rnatilibdi, hech qanday urush bo‘lmabdi. Shunda Ko‘rshapalak qushlarning oldiga borib ulardan o‘zini xursandchiliklariga sherik qilishlarini so‘rabdi. Ammo hamma qushlar undan yuz o‘girib, uchib ketishibdi. Shundan keyin¬ Ko‘rshapalak yirtqichlarning oldiga boribdi. Biroq tezda u yerdan ham chekinishga majbur bo‘libdi, zero, yirt¬qichlar uni burda-burda qilishga shay turardilar.Shunda Ko‘rshapalak o‘ziga shunday dedi: — Fazilati bo‘lmaganning do‘sti ham bo‘lmas ekan.QAFASDAGI QUSH VA KO‘RSHAPALAKSayroqi Qushni qafasga qamab oyna tashqarisiga osib qo‘yishgandi. U faqat tunda, hamma qushlar uyquga ketgandagina sayrardi. Bir kuni kechasi Ko‘rshapalak kelib qafas panjarasiga chirmashib olibdi. U Qushdan nega kun bo‘yi tinch o‘tirib, kechasi sayrashini so‘rabdi.— Bunday qilishimning o‘ziga xos sababi bor, — debdi Qush. — Bir kuni kunduzi sayrayotsam ovchi ovozimga maftun bo‘lib qoldi va to‘rini qo‘yib meni tutib oldi. Shundan beri faqat tunlari sayrayman.Ko‘rshapalak shunday debdi:— Lekin hozir qafasdaligingda bunday qilishing foydasiz-ku. Agar buni sen qo‘lga tushishingdan oldin qilganingda edi, hozir ozod yurgan bo‘larding.Qissadan hissa: Falokatdan keyin¬ qilinadigan ehtiyotkorlik foydasizdir.MUSHUK — KELINCHAKKunlardan bir kuni Olimp xudolari tirik mavjudotlarning tabiatini o‘zgartirish mumkin yoki mumkin emasligi ustida tortishib qolishibdi.Yupiter:— O‘zgartirsa bo‘ladi, — debdi. Ammo Venera bunga qarshi chiqibdi. Muammoni hal qilish maqsadida Yupiter mushukni qiz bolaga aylantirib qo‘yibdi va uni yosh bir yigitga turmushga beribdi. Risoladagidek to‘y bo‘libdi, kelin-kuyov to‘y bazmida o‘tirishibdi.— Qara, — debdi Yupiter Veneraga, — kelin o‘zini qanday munosib tutayapti. Kim ham uni kecha mushuk edi, deb ayta oladi? Shubhasiz, uning tabiati o‘zgardi.— Bir oz kut, — debdi Venera va to‘yxonaga sichqonni qo‘yib yuboribdi. Buni ko‘rgan Kelin joyidan sakrab turibdi va sichqon ustiga o‘zini otibdi.— Ana, ko‘rdingmi? — debdi Venera.Qissadan hissa: Qon bilan kirgan — jon bilan chiqadi.ITLAR VA TULKISher terisini topib olgan itlar uni tishlari bilan bo‘laklarga bo‘la boshlashibdi. Buni ko‘rgan Tulki shunday debdi:— Agar bu Sher tirik bo‘lganda edi, sizlar uning panjasi tishlaringizdan qanchalar kuchli ekanligiga amin bo‘lar edingiz.Qissadan hissa: Yotgan odamni tepish oson.BAQA VA BUQA— Ota, — debdi kichkina Baqa ko‘lmakda turgan katta Baqaga, — men shunaqangi bir qo‘rqinchli maxluqni ko‘rdimki! U tog‘dek ulkan edi. Uning boshida shoxi, uzun dumi, tuyoqlari bor edi.— Bolam, — debdi qari Baqa, — bu bor-yo‘g‘i chorvador Oqyigitning Buqasi, biroq sen aytgandek katta emas. Bo‘yi mendan ozgina baland bo‘lishi mumkin. Men ham o‘zimni shunaqa katta qilib ko‘rsatishim mumkin. Mana, qarab tur. Shunday deb katta Baqa havoni yutib o‘z ichiga puflabdi, puflabdi.— U shunaqa kattamidi? — deb so‘rabdi u o‘g‘lidan.— Ancha kattaroq edi, — deb takrorlabdi yosh Baqa.Qari Baqa yana o‘z ichiga puflabdi va Baqachadan: — Buqa shunchalik kattamidi? — deb so‘rabdi.— Kattaroq edi, dada, kattaroq, — deb javob beribdi Baqacha. Shunday qilib Baqa chuqur nafas olib, ichiga puflayveribdi, shishgandan shishib ketaveribdi.— Ishonchim komilki, Buqa bundan katta bo‘lgan emas, — debdi bir mahal shishib ketgan Baqa va shu payt paq etib yorilib ketibdi.Qissadan hissa: Ortiqcha chiranish belni sindiradi.ECHKI VA PODACHIPodachi adashib qolgan Echkini podaga qaytarib kelish uchun rosa qidiribdi. U hushtak chalibdi, surnay chalibdi. Ammo bularning foydasi bo‘lmabdi: orqada qolib ketgan Echki bu tovushlarga ahamiyat bermabdi. Oxiri, podachi unga tosh otibdi, Echkining shoxi sinibdi. Shunda podachi Echkidan bu haqda xo‘jayiniga aytmaslikni iltimos qilibdi.Echki shunday deb javob beribdi:— Ey, esi yo‘q odam, men indamaganim bilan shoxlarim hammasini aytib qo‘yadi-ku!Qissadan hissa: Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.QUYONLAR VA TULKILARQuyonlar burgutlar bilan urush boshlashibdi. Urush chog‘ida ular tulkilardan yordam so‘rashibdi.Shunda tulkilar ularga bunday deb javob berishibdi:— Agar biz sizlarning kimligingizni, kimlar bilan urushayotganingizni bilmaganimizda edi, sizlarga bajonidil yordam bergan bo‘lardik...Qissadan hissa: Biror narsaga rozilik bildirishdan avval uning oqibatini o‘yla.EMAN VA O‘TINCHIO‘tinchi Emanni qulatib, uni sarjinlabdi. Tanasini bo‘laklash uchun Emanning o‘z shoxlaridan pona yasabdi.Eman xo‘rsinib, shunday debdi:— Men ildizimga tushayotgan boltaning zarbiga chidayman, ammo o‘z shoxlarimdan qilingan pona bilan bo‘laklarga bo‘linishimga chidol¬mayman.Qissadan hissa: Eng chidash qiyin bo‘lgan narsa — o‘zimizdan kelib chiqqan kulfatdir.TULKI BILAN MUSHUKTulki Mushukka o‘zining dushmandan qochish uchun qo‘llaydigan hiylalari haqida maqtanayotgan edi.— Menda dushmandan qochishning yuz xil usuli to‘la hiylaqopim bor, — dedi u.— Menda faqat bittagina, — dedi Mushuk. — Lekin men shuning o‘zi bilan ham hamma narsaning uddasidan chiqaman.Shu payt ular o‘zlari tomon kelayotgan bir to‘da tozining ovozini eshitib qolishibdi. Mushuk darrov daraxtga chiqib butoqlar orasiga yashirinib olibdi. — Bu men bilgan usul. Sen nima qilmoqchisan? — debdi Mushuk.Tulki avval birinchi yo‘lni o‘ylabdi, keyin boshqasini. Shunday qilib to u o‘ylab bo‘lguncha tozilar yetib kelib uni ushlab olishibdi-yu, ovchilar uni o‘ldirishibdi.Buni kuzatib turgan Mushuk shunday debdi: — Bitta xavfsiz, ammo sinalgan yo‘l yuzta ishonib bo‘lmaydigan usuldan afzalroqdir.
Uzpedia.uz