Ezekiel Kiptoo Chebii




Ezekiel Kiptoo Chebii (1991-yilning 3-yanvarida tugʻilgan) – yarim marafon va marafon poygalarida qatnashashgan keniyalik uzoq masofaga yuguruvchi. Uning shaxsiy rekordi 59:05 daqiqa va 2:09:15 soat. Uning yarim marafonida qatnashgani ushbu masofa boʻyicha barcha zamonlarning eng yaxshi yigirmataligiga kiritdi. U Madrid marafonida va Lille yarim marafonida gʻalaba qozongan. Ushbu ikkala gʻalana ham rekord hisoblanadi.

Karyera



U ilk bor yevropadagi musobaqalarni 2009-yilda hali oʻsmir boʻlgan paytlarida boshlagan. Oʻsha yili uUtrecht Singelloopda beshinchi oʻrinni egallaydi. U 2010-yilda Paderborn 10K poygasida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Ushbu poygada u birinchi marta masofani 28 daqiqadan kam boʻlgan vaqt ichida bosib oʻtadi va bu bilan u jahon miqyosidagi eng yaxshi 40 talikka kiritiladi.

Chebii 2011-yilda yarim marafonda yuguradi va Nice yarim marafonda 61:40 daqiqada bilan eng yaxshi natijani oʻrnatadi. Shuningdek, u Portugaliya yarim marafonida va Giro di Castelbuonoda kuchli sakkizlikka kiadi.

U 2012-yilda dunyoning eng yaxshi yuguruvchilari qatoridan joy oladi. U Berlin yarim marafonida ilk bor yarim marafonni bir soatdan kamroq vaqt ichida bosib oʻtadi va 59:22 daqiqa bilan uchinchi oʻrinni egallaydi. U sentabr oyida 59:05 daqiqa bilan Lille yarim marafonining rekordini yangilaydi. Bu safar uni oʻsha mavsumda dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi, shuningdek, uni barcha zamonlarning eng yaxshi yigirmataligiga koʻtarishadi. U Amsterdam marafonida ham eng tez yugurish boʻyicha rekord oʻrnatadi.

Yuqori natijalardan soʻng, oʻz jismoniy holatini bir xilda saqlashga qiylana boshlaydi va Marseille-Cassis Classique Internationale musobaqasida oʻninchi, RAK yarim marafonida oʻn ikkinchi va CPC yarim marafonida boʻlsa beshinchi oʻrinni egallaydi U keyinchalik uzoqroq masofalarga yugurishni boshlaydi. 2013-yilgi Rotterdam marafonida 30 kmli masofaga yuguradi.

U Madrid marafonida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilish uchun 2:09,15 soatlik natijani qayd etadi. Uning marafondagi navbatdagi urinishlari unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. U Dubayda 17-oʻrinni olib 2:13:14 soatlik natijani qayd etadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz