Eyzenxauer Duayt Deyvid




Dwight David Eisenhower (talaffuzi: Duayt Devid Eyzenhauer; 1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQShning 34-prezidenti (1953—61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning Gʻarbiy Yevropadagi ekspeditsion qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni (1943-yil, dekabr); AQShning Germaniyadagi okkupatsion qoʻshinlari qoʻmondoni (1945-yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni (1950—52). Eisenhower 1961-yil harbiysanoat kompleksi taʼsirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSH hukumatining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz