Eyskda Su-34 samolyotining qulashi




Eyskdagi Su-34 halokati  — 2022-yil 17-oktabr kuni Rossiyaning Eysk shahrida sodir boʻlgan halokat.

Voqea tafsiloti




2022-yil 17-oktabr kuni moskva vaqti bilan soat 18:25 da Eysk shahri chekkasidagi 9 qavatli bino yaqinida Su-34 bombardimonchi samolyoti qulashi oqibatida katta portlash sodir boʻladi. Voqea kechki payt sodir boʻldi. Ushbu vaqtda koʻplab fuqarolar ishdan qaytgan edi. Samolyot halokatini Rossiya Mudofaa vazirligi tasdiqladi. Mudofaa vazirligining daʼvo qilishicha, halokat qiruvchi samolyot Janubiy harbiy okrug harbiy aerodromidan oʻquv parvozi uchun koʻtarilayotganda yuz bergan.

Su-34 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot Yeysk shahri ichida qulagan. Samolyot uchuvchilarning xabariga koʻra, halokatga uchish vaqtida dvigatellardan birining yonishi sabab boʻlgan. Halokat sodir boʻlgan joyda Su-34 turar-joy massivlaridan birining hovlisida samolyot yoqilgʻisi yonib ketdi.

— RF MV, in

Ushbu turar joy binosidan 250 kishi evakuatsiya qilindi (40 nafari bolalar). Barcha fuqarolar 6 ta mehmonxona va pansionatga joylashtirildi. „Komsomolskaya pravda“ harbiy muxbiri Aleksandr Kotsning xabariga koʻra, 277-bombardimonchi aviatsiya polkining samolyoti snaryadlar olib ketayotgan boʻlgan va qulash paytida ularning portlash ovozi eshitilgan.

Samolyot qulagandan keyin yuzaga kelgan yongʻin maydoni taxminan 2000 mni tashkil etdi. „Interfaks“ AA navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib maʼlum qilinishicha, yongʻin uy yoʻlaklaridan birini toʻliq qamrab olgan.

Toʻqqizinchi qavatdan beshinchi qavatgacha boʻlgan shiftlar qulab tushdi. Butun kirish yoʻlagi yonib ketgan, 45 ga yaqin xonadonga u yoki bu darajada zarar yetgan.

— Interfaks AA, in

Jabrlanganlar



Ushbu voqea natijasida 15 nafar kishi vafot etdi.
Mahalliy rahbariyat xabariga koʻra ushbu hodisa oqibatida vafot etganlar 20-oktabr kuni dafn qilinadi.

Su-34




Samolyot soʻnggi yillarda qurolli toʻqnashuvlarda muvaffaqiyatli qoʻllanilgan Su-24 front bombardimonchi samolyotining oʻrnini bosuvchi sifatida yaratilgan. Samolyotni ishlab chiqish F-15 va F-16 tipidagi koʻplab zamonaviy toʻrtinchi avlod qiruvchilariga potentsial raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan.

Yana qarang



Irkutskda Su-30 samolyotining qulashi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz