EYGEN MANFRED (1927.9.5, Boxum) nemis fizikkimyogari. Gyottingen universitetini tugatgach (1951), shu universitetda (1951— 53), 1953 yildan Gyottingendagi Maks Plank fizik-kimyo institutida ishlagan (1964 yildan direktor). Asosiy ilmiy ishlari o’ta tez kechadigan kimyoviy reaktsiyalarni o’zi ishlab chiqqan kimyoviy relaksatsion spektroskopiya usulida tadqiq qilishga oid. Kuchsiz elektrolitlar eritmalarida kechadigan tezkor reaktsiyalarni o’rganish maqsadida elektrolitning dissosiasiyalanish darajasini oshirishga imkon beradigan kuchli elektr maydonini ta’sir ettirish usulini taklif etgan. Fermentativ kataliz, ma’lumotlarni uzatish mexanizmi va boshqalar molekulyar biologiya masalalarini o’rgangan. Nobel mukofoti laureati (1967; R.J.Norrish va J. Porter bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish