EYFORIYA (Yunoncha — yaxshi, — qabul qilaman) — o’z-o’zidan quvonish, dimog’chog’lik. Atrof-muhit va o’zining og’ir holatiga mos tushmagan holda bemor kayfiyatining ko’tarilib ketishi. Bosh miyaning turli organik kasalliklari (o’smalar, avj oluvchi falaj) da, spirtli ichimliklar ichganda, giyohvand moddalar qabul qilganda va boshqalar da kuzatiladi. Eyforiyada bemor beg’am, betashvish, xursand, shu bilan birga kamgap, kam harakat bo’ladi, bir joyda jilmayib yotaveradi. Eyforiya ateroskleroz, epilepsiya va boshqalar ko’pgina ruhiy kasalliklarning belgisi tarzida ham namoyon bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish