EYDOS
EYDOS (Yunoncha — ko’rinish, timsol) — yunon falsafasi va adabiyotidagi tushuncha. Dastlab “ko’rinadigan”, “ko’rinib turgan”, “tashqi” (Gomer), keyinchalik muayyan hodisa, ko’rinadigan mohiyat (Parmenid), substantsional goya (Platon), shakl (Aristotel) ma’nolarini bildirgan. Eydos Gusserl (1859-1938) fenomenologiyasida fakt (hodisa)dan farqlanadigan mohiyat sifatida tavsiflangan. So’nggi davr falsafasida Eydos tushunchasi “mutlaq g’oya” ma’nosini anglatadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz