EVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI



EVROPA IQTISODIY HAMJAMIYATI (EIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957 yilda Rim shartnomasiga ko’ra tuzilgan, ba’zida “umumiy bozor” deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Frantsiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot a’zosi bo’lgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yildan), Gretsiya (1981 yildan), Ispaniya, Portugaliya (1986 yildan) qo’shilgan. EIH qit’ada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini ko’tarish yo’li bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993 yil Evropa Ittifoqiga tarkibiy qism bo’lib kirdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz