Evklaz
(yun. — yaxshi, yengil va — buzilish, maydalanish) — orolli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi: A1
2Ve
2[8Yu
4]
2(ON)
2, aralashmalari: Oe, Mp, Si, ba’zan U, V, 8p R.
Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangsiz, sutrangoq, och sariq, och havo rang, yashil. Shishasimon yaltiraydi; shaffof yoki yarim shaffof. Qattiqligi 7,5, zichligi 3—3,1 g/sm3. Odatda, flyuoritfenakitbartrandit formatsiyali gidrotermal konlarda uchraydi. Muskovit, kvars, flyuorit, fenakit, bertrandit bilan assotsiatsiyada bo‘lib, ba’zan granitli pegmatitlarda hosil bo‘ladi. E.ning yirik shaffof kristallari 1sinf qimmatbaho toshi hisoblanadi. Berill rudalarining eng asosiy komponentlaridan biri. Asosiy konlari Kolsva (Shvesiya), AltoMomos (Ekvador), Kashmir (Hindiston), RF (Saxa, Baykalorti, Janubiy Ural), O‘rta Osiyoda mavjud. O‘zbekistonda Sargardon volfram konida topilgan.
Manba: O'zME
orolli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral