Evglenasimon suvo'tlar



Evglenasimon suvo'tlar — suvo‘tlar bo‘limi. Bir hujayrali, mikroskopik (uz. 4 mkm dan 800 mkm gacha), harakatchan. Ba’zan yopishib va koloniya bo‘lib yashaydi. Haqiqiy qobig‘i bo‘lmaydi, ektoplazmaning tashqi qavati — periplast himoya vazifasini bajaradi. Hujayrasining botib kirgan uchki qismi (halqum)dan 1—2 ta xivchin chiqadi. Ko‘zchasi va qisqaruvchi vakuoli bor. Xloroplastlarida a va r xlorofill bo‘ladi. Osmotrof va fagotrof oziqlanadigan turlari bor. Shuning uchun zoologlar E.s.ni hayvonlarga kiritishadi. Zaxira ozig‘i — paramilon. Bo‘linib ko‘payadi. Ayrim turlari noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 1—4 qabilaga mansub 40 turkumi va 900 turi ma’lum; shundan 250 turi rangsiz. Chuchuk suvlar, uncha katta bo‘lmagan evtrof suv havzalarida yashaydi. Ayrimlari suv tozaligi indikatorlari. Ko‘pchilik E.s. suv havzalarining o‘z-o‘zidan tozalanishida ishtirok etadi. Evglenalar turkumi lab. tadqiqotlari ob’ekti. E.s. suvo‘tlar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligi taxmin qilanadi.

Manba: O'zME

suvo‘tlar bo‘limi


Uzpedia.uz