Evgeny Ustyugov




Evgeniy Romanovich Ustyugov (ruscha: Евгений Романович Устюгов; 1985-yil 4-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq biatlonchi. Changʻichilar oilasida tugʻilgan Ustyugov biatlon bilan uch yoshida tanishgan. U oʻz faoliyatini 2005-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi turnirlarda boshlagan, uch yildan soʻng Yevropa chempionatida professional boʻlgan. 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 15 km koʻrinishdagi ommaviy start erkaklar oʻrtasidagi poygada Olimpiya chempioni boʻlgan. 2010-yilgi Olimpiada oʻyinlari oldidan uning shaxsiy musobaqada jahon chempionatidagi eng yaxshi marrasi 20-oʻrin hisoblangan.

Anton Shipulin, Aleksey Volkov va Dmitriy Malyshko bilan birgalikda 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi estafetada oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2013—2014-yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan soʻng, Ustyugov faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

2020-yil fevral oyida u doping qoidabuzarligi sababli 2013—2014-yilgi mavsumdagi barcha natijalar, jumladan, 2014-yilgi Olimpiada oʻyinlaridan diskvalifikatsiya qilingani eʼlon qilingan. 2020-yil oktyabr oyida yangi sinovlar tufayli uning Vankuverdagi 2010-yilgi medali ham doping tufayli bekor qilinishi maʼlum boʻlgan.

Yoshligi



Evgeniy Ustyugov 1985-yil 4-iyunda Sovet Ittifoqining Krasnoyarsk shahrida sportchi oilasida tugʻilgan; onasi Olga Rudolfovna va otasi Roman Valeryevich changʻi sporti boʻyicha professional boʻlgan. Ustigov va uning ukasi Aleksandr uch yoshida changʻi uchishni boshlaganlar. Ustyugov klub sportida qatnashmagan, chunki ular uydan juda uzoqda boʻlgan. Uzoq vaqt davomida changʻi uchish, shuningdek, toqqa chiqish va togʻ changʻisi uning sevimli mashgʻulotlari hisoblangan. Maktabda u tez-tez sport tadbirlarida qatnashgan. Biatlon oyinlariga boʻlgan istedodini1997-yilda „Пионерская правда“ (Pionerskaya Pravda) tadbirida kashf etgan. Uning oilasi Ustigovning professional biatlonchi boʻlish istagiga rozi boʻlishgan; uning birinchi murabbiyi Viktor Ermakov hisoblanadi.

Faoliyati



Ustyugov oʻzining birinchi oʻsmirlar chempionatida 2005-yilda Finlandiyaning Kontiolahti shahrida qatnashib, yakkalik bahslarida 12-oʻrinni, sprint va taʼqib qilish bahslarida mos ravishda 42 va 36-oʻrinlarni egallagan. Meyn shtatining Presk-Ayle shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi biatlon boʻyicha jahon chempionatida u estafetada ikkinchi, yakka va taʼqib qilishda birinchi va sprintda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Langdorf-Arbersee shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Ustyugov estafeta bahslarida gʻolib boʻlgan. 

Biatlon natijalari



Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan.


Olimpiya oʻyinlari



2 ta medal (1 ta oltin, 1 ta bronza)

Jahon chempionatlari



2 ta medal (2 ta kumush)


Oʻsmirlar/yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati



3 ta medal (2 ta oltin, 1 ta kumush)


Shaxsiy gʻalabalar



3 ta gʻalaba

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz