Evgeniy Urbanskiy
Yevgeniy Yakovlevich Urbanskiy (27-fevral, 1932-yil, Moskva, RSFSR — 5-noyabr, 1965-yil, Buxoro viloyati, OʻzSSR) — sovet teatr va kino aktyori, „Kommunistik“ va „Chistoe nebo“ filmlaridagi rollari bilan tanilgan. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1962).
Biografiyasi
Moskvada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi xodimlari oilasida tugʻilgan. 1938-yilda otasi qatagʻon qilingan va Komi ASSRning Vorkuta shahri yaqinidagi lagerga yuborilgan. Onasi xalq dushmanining xotini sifatida ikki oʻgʻli bilan Olmaotaga surgun qilingan. Qozogʻistonda 1946-yilga qadar yashagan. Urush oxirida oilasi bilan Intaga koʻchishga muvaffaq boʻldi. Intlada otasi bilan yashadi, oʻrta maktabni tugatdi.
1952-yilda Moskva badiiy teatr maktabi qoshidagi aktyorlik maktabiga oʻqishga kirdi, 1957-yilda maktabni tugatgandan soʻng K. S. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatri truppasiga qabul qilindi.
Yuli Rayzmanning „Kommunist“ (1957) filmida bosh rolni ijro etgan. Debyut roli edi. Film ortidan mashhulikka erishdi. 1959-yilda „Sovet ekrani“ jurnali oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, film yilning eng yaxshi uchta filmi qatoriga kirdi.
Vafoti
Urbanskiy 1965-yil 5-noyabrda „Direktor“ (rejissyor Aleksey Saltikov) filmi suratga olish maydonchasida vafot etgan. Voqea Buxorodan 40 km uzoqlikdagi qumtepaliklarda sodir boʻlgan. Kaskadyor qumdan hosil boʻlgan tramplinning oʻzgargan burchagini hisobga olishda adashdi. Mashina qumlikdan sakradi va tumshugʻi bilan yerga urildi. Keyin esa mashina old tomoga agʻdarildi. Urbanskiy olgan jarohatlaridan kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
Goskino raisi Aleksey Romanovning buyrugʻi bilan suratga olish darhol toʻxtatildi, guruh tarqatib yuborildi. 1969-yilda rejissyor A. Saltikov „Rejissor“ni yana sahnalashtirishga ruxsat oldi.
2022-yil 23-noyabrda, oradan 57 yil o‘tib, „Mosfilm“ rahbariyati Yevgeniy Urbanskiy hayotining so‘nggi daqiqalariga oid noyob kadrlarni taqdim etdi. Eski film moʻjizaviy tarzda kinostudiya arxividan topilgan. Kadrlarda usti ochiq mashinaning qumtepalardagi balandlikdan sakrab, ag‘darilgani va natijada aktyor halok bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Moskvada Novodevichiy qabristoniga dafn etilgan.
Teatrdagi rollari
Filmografiyasi
Mukofotlar va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org