Evgeniy Abdullayev
Evgeniy Viktorovich Abdullayev (1971-yil 19-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonda muqim turuvchi rus shoiri, yozuvchisi va tanqidchisi. U faqatgina tanqidiy maqolalarni oʻzining asl ismi-sharifi bilan, sheʼriy va nasriy asarlarini Suhbat Aflotuniy taxallusi bilan chiqaradi.
Yevgeniyning bolaligi Namanganda oʻtgan. 1978-yildan buyon Toshkent shahrida yashaydi. 1993-yilda boʻlajak yozuvchi ToshDU (Toshkent davlat universiteti, ayni kunda Oʻzbekiston milliy universiteti deb yuritiladi)ning falsafa fakultetini tamomlagan.
„Arion“, „Xalqlar doʻstligi“, „Sharq yulduzi“, „Bayroq“, „Iyerusalim jurnali“, „Yoshlik“, „Oktyabr“ jurnallarida, „Kichik ipak yoʻli“ almanaxlarida (Toshkent — Moskva, 1999-2005-yillarda) va „Interpoeziya“ (Nyu-York — Moskva, 2005-yilda) va boshqalar. „Oktyabr“ jurnali (2004-2006-yillarda), „Rossiya mukofoti“ (2005-yilda), „Triumf“ yoshlar mukofoti (2006-yilda) laureati.
Shuningdek, Yevgeniy Viktorovichni „Romans va eskizlar“ (R.Elinina adabiyot nashriyoti, Moskva, 2003), „Kesilgan quloq peyzaji“ (R.Elinina nashriyoti, Moskva, 2008). „Toshkent romani“ (Amfora, 2006, Sankt-Peterburg), „+39“ (2011), „Avliyoga itoat“ (2015), „Chumoli podishoh“ (2016) va boshqalar sheʼriy kitob toʻplamlari hisoblanadi.
2006-yildan yozuvchi „Sharq yulduzi“va „Xalqlar doʻstligi“ jurnallari tahririyat kengashi aʼzolari safidan oʻrin olgan.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org