Evernote
Evernote - qaydnomalarni saqlash uchun ishlab chiqilgan veb-servis va dasturiy ta'minotlar jamlanmasi. Qaydnoma sifatida veb-sahifa, rasm, audiofayl, matndan foydalanish mumkin. Qaydlarni bo'limlarga ajratib qo'yish, ularni qayta tahrirlash va eksport qilish imkonini beradi.
Dastur bir nechta operatsion tizimlarda ishlashi mumkin: macOS, iOS, Chrome OS, Android, Microsoft Windows, BlackBerry va webOS, bundan tashqari onlayn sinxronlash va rezerv nusxalash imkoni mavjud.
Everynote dasturiga Stepan Pachikov tomonidan asos solingan bo'lib 24-iyun 2008-yilda beta-talqin'da ishga tushirildi 2013-yilning iyul holatiga 65 mln foydalanuvchi yig'a oldi
2010-yilning oktabrida kompaniya 20 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qildi Keyinchalik Sequoia Capital va Morgenthaler Ventures tomonidan 50 mln dollar, Meritech Capital tomonidan esa 70 mln dollar summa investitsiya jalb qildi Kompaniya 2012-yilning noyabrida 85 mln dollar jalb qildi Investitsiyalarning umumiy hajmi 225 mln AQSH dollarida teng.
Dastur ikki hil ko'rinishda: bepul va pullik talqinlarda taqdim etiladi. Bepul ko'rinishda qaydnomalar va foydalanuvchilar soni cheklangan bo'lib, pullik ko'rinishni sotib olish bilan barcha cheklovlarni olib tashlash mumkin bo'ladi.
Akkaunt turlari
Evernote Basic - bepul akkaunt, har biri 25 mb'dan oshmaydigan qaydlar saqlash, bir oyda 60 mb'gacha hajmdagi qaydlar saqlash, 2ta qurilma bilan sinxronlash imkoni beriladi
Evernote Plus - har bir qayd uchun 50 mb va yozish/tahrirlash uchun bir oyga 1 gb'gacha hajmdagi qaydlar saqlash, 200tagacha elektron pochta manzillariga yuborish imkoni, mobil dasturidan foydalanganda dasturni parol bilan himoyalash imkoni mavjud.
Evernote Premium - saqlash bilan bog'liq cheklovlar mavjud emas. Lekin har qayd hajmi 200 mb'dan ortmasligi kerak. O'zida oddiyroq tariflarning imkoniyatlari mavjud. Bundan yashqari rasmdagi matnni tanish imkoniyati, qo'shimcha havfsizlik funksiyalari mavjud. Microsoft Office, iWork va PDF hujjatlari ichidan matnni o'qish imkoni ham ushbu tarifga kiritilgan
Evernote Business - o'zida avvalgi tarifning barcha funksiyalari mujassamlagan. Administratorlar tomonidan foydalanuvchilarni boshqarish imkoniyati, korporativ ma'lumotlarni markazlashgan holda saqlash imkoniyati mavjud.
Evernote'ning barcha bepul va pullik akkauntlari 100 000tagacha qaydlar va 250tagacha bo'lim ochish imkonini beradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org