Evenklar muxtor okrugi
Evenkiya — RF Krasnoyarsk o‘lkasi tarkibidagi muxtor okrug. 1930 yil 10 dek.da tashkil etilgan. Sharqiy Sibirda joylashgan. Mayd. 767,6 ming km2.
Aholisi 17,7 ming kishi (2002), asosan, evenk, ket va ruslar, shuningdek, saxa, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 29,2%. 3 ma’muriy tumanga bo‘lingan. Markazi — Tura shaharchasi.
Tabiati. E.m.o. O‘rta Sibir yassitog‘ligining markaziy qismini egallaydi. Okrugning baland joyi — Putorana platosi (eng baland joyi — Kamen tog‘i, 1701 m). Okrugda Tunguska toshko‘mir havzasining ko‘p qismi; Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska atroflarida temir rudasi, rangli metallar, grafit, islandiya shpati, neft, gaz konlari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi davomli, sovuq. Yanv.ning o‘rtacha t-rasi Vanavarada — 26,9°, Turada — 36,8°. Iyulniki Turada 15,5°, Vanavarada 16,6°. Yillik yog‘in 300—500 mm. Vegetatsiya davri shim.da 60 kun, jan.da 115 kun. To‘ngib yotgan yer ko‘p. Asosiy daryolari — Yeniseyning o‘ng irmoqlari: Quyi va Toshloq Tunguska. Ko‘l (shu jumladan, Yessey, Vivi, Agata) ko‘p. Tog‘o‘rmon podzollashgan tuproqlar tarqalgan. Hududining katta qismi tayga zonasida bo‘lib, tilog‘och, qoraqarag‘ay, chekka shim. da siyrak o‘rmonlar va yo‘sinlishaynik kabi tundra o‘simliklari o‘sadi. Sobol, tiyin, qo‘ng‘ir ayiq, rosomaxa, burunduq, ondatra, latcha, tulki, bo‘ri, oq tovushqon, shim. bug‘usi, los, karqur, qur, chil yashaydi. Mil.av. 2-ming yillikda evenklar hoz. hududda o‘rnashganlar. Ularning asosiy mashg‘ulotlari ovchilik, bug‘uchilik, baliq ovlash bo‘lgan. 17-asrning 1-yarmida E.m.o. hududini Rossiya egalladi. Shundan keyin yasoq solig‘i joriy etildi, talonchilik siyosati oqibatida tub aholining asosiy qismi qirilib ketdi. 1930—32 yillarda geologlar topgan toshko‘mir, islandiya shpati, qurilish materiallari va tuz kabi foydali qazilma konlari asosida sanoat ishlab chiqarish vujudga keddi. E.m.o. hududida Putorana, Tungus, markaziy Sibir qo‘riqxonalari bor.
E.m.o.da oziq-ovqat, o‘rmon, yog‘ochsozlik, sellyuloza-qog‘oz, elektroenergetika, yoqilg‘i, poligrafiya, mashinasozlik va metallsozlik, konchilik sanoatlari rivojlangan. Okrugning asosiy xo‘jalik tarmoklari — mo‘ynachilik va bug‘uchilik. E.m.o. Krasnoyarsk o‘lkasida tayyorlanadigan mo‘ynaning 13% ni (sobol, kumushrangqora tulki, oq suvsar, tiyin, ondatra) beradi. Mo‘yna tayyorlashning 55% ni ov mahsulotlari, 45% ni darrandachilik tashkil qiladi. Darrandachilik fermalarida qora to‘lki va ko‘k tulki boqiladi. Krasnoyarsk o‘lkasidagi bug‘uyushg U3 qismiga yaqini E.m.o. hissasiga to‘g‘ri keladi. Konchilik r-nlarida bug‘u yaylovlari degradatsiyaga uchragan. Tabiiy sharoiti aholi yashashi uchun ancha noqulay. Sut chorvachiligi va dehqonchilik (kartoshka, sabzavot), baliq ovlash rivojlangan.
Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska daryolarida kema qatnaydi. Aviatransport rivojlangan. Qattiq qoplamali avtomobil yo‘llari uz. 117 km. Bug‘u transporti katta ahamiyatga ega. Okrug o‘lkashunoslik muzeyi, teatr faoliyat ko‘rsatadi.
Manba: O'zME
RF Krasnoyarsk o‘lkasi tarkibidagi muxtor okrug