Eve tili




Eve tili — niger-kongo tillari oilasiga mansub kva tillaridan biri; Gana Respublikasining jan.gʻarbida, Togo va Benin respublikalarining jan.da, shuningdek, Nigeriyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 3,7 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning oxirlari). Bir qancha lahjalari boʻlib, ular 3 guruhga ajraladi: gʻarbiy guruh — anlo (avuna) va boshqalar "ichki" lahjalar; markaziy guruh — uati, adya, gen; sharkiy guruh — gun (alada) fon, maxi. Fon va uati lahjalarida soʻzlashuvchilar koʻpchilikni tashkil etadi. Lotin grafikasiga asoslangan yozuvi 19-asr oxiridan mavjud. Eve tilida, xususan, anlo, gen va gun lahjalarida asosan diniy, maʼrifiy va oʻquv adabiyotlari nashr etiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz