Eve tili



Eve tili — niger-kongo tillari oilasiga mansub kva tillaridan biri; Gana Respublikasining jan.g‘arbida, Togo va Benin respublikalarining jan. da, shuningdek, Nigeriyada tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 3,7 mln. kishidan ortiq (o‘tgan asrning oxirlari). Bir qancha lahjalari bo‘lib, ular 3 guruhga ajraladi: g‘arbiy guruh — anlo (avuna) va boshqalar «ichki» lahjalar; markaziy guruh — uati, adya, gen; sharkiy guruh — gun (alada) fon, maxi. Fon va uati lahjalarida so‘zlashuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Lotin grafikasiga asoslangan yozuvi 19-asr oxiridan mavjud. E.t.da, xususan, anlo, gen va gun lahjalarida asosan diniy, ma’rifiy va o‘quv adabiyotlari nashr etiladi.

Manba: O'zME

niger-kongo tillari oilasiga mansub kva tillaridan biri


Uzpedia.uz