EVDIALIT (yun. yeisNa1u1o5 — yaxshi eriydigan) — halqali silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral, sirkonosilikat. Kimyoviy tarkibi №2Sa6G‘e32gz[§1309]2[519024(ON)z]2;

Tarkibida 2Yu2 12—14,5%, nodir yer elementlari (Tg203 7%) aralashma holida bo‘ladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Donador massalar holida uchraydi.
Rangi pushtiqizil, pushti, qizilqo‘ng‘ir, sariq. Yarim shaffof. Qattiqligi 5—6, zichligi 2,7—3,1 g/sm3. Mo‘rt. Shishadek yaltiroq. Nefelinli sienitlar, sienitpegmatitlar, albitegirinli metasomatitlarda uchraydi. E. Skandinaviya, RF (Kola ya.o., Tuva, Krasnoyarsk o‘lkasi, Sayan tog‘lari), Grenlandiya, Madagaskar o., Kanada va boshqalar joylarda bor. E. qora metallurgiya va olovbardosh sopol ishlab chiqarish va boshqalar sohalarda ishlatiladi.

Manba: O'zME

halqali silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral, sirkonosilikat


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz