Evdemonizm



Evdemonizm — baxtsaodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi axloqiy ta’limot. E. gedonizm bilan uzviy bog‘liq bo‘lsada, undan ma’lum darajada farq qiladi. U yunon etikasining asosiy prinsiplaridan biri hisoblangan. E. Sokratning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. E. baxtsaodatni jismoniy va bir lahzali huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma’noda, ya’ni jismoniy va ma’naviy qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. E. ta’limotiga ko‘ra, o‘z shaxsida mazkur qadriyatlarni mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxtsaodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Forobiy, Ibn Sino, L.Feyerbax E.ning namoyandalaridir.

Manba: O'zME

baxtsaodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi axloqiy ta’limot


Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz