Eva Moser
Eva Moser (talaffuzi: Eva Mozer 26-iyul 1982-yil — 31-mart 2019-yil) avstriyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2004-yilda Xalqaro usta (IM) va 2003-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan. Moser shaxmat boʻyicha Avstriyaning mutlaq chempioni va ayollar chempionatlarida ham gʻolib boʻlgan. U 2008-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Shaxmatdagi faoliyati
Moser 10 yoshidan shaxmat oʻynay boshlagan. U sakkiz marta shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida turli yosh guruhlarida gʻolib chiqqan.
1998-yilda Mozer 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Murek shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida tay-brekda gʻalaba qozongan Ana Matnadzedan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Moser 2000-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida, 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasining ochiq seksiyasida (odatda „erkaklar seksiyasi“ deb ataladi), 2003-yildan beri ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida va Mitropa Cup (1999, 2002, 2004) ochiq boʻlimida Avstriya sharafini himoya qilib kelgan.
Moser FIDE tomonidan 2003-yilda Ayol grossmeyster (WGM) (Avstriyalik ayollar oarsida birinchisi) va 2004-yilda xalqaro usta (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.
2006-yilda u Köflachda boʻlib oʻtgan Avstriya shaxmat chempionatida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu ishni qilgan birinchi ayol boʻldi. U 2010 va 2011-yillarda ayollar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida gʻolib boʻlgan.
2000-yilda Drezden ayollar musobaqasi, Jena Open 2009, 2010, 2011 va 2012, va Chess Ladies Vena 2012 va 2013 turnirlarda mutlaq gʻolib boʻlgan.
2006—2007-yilgi mavsumda uning Avstriya birinchi liga jamoasi Styria Graz Avstriya terma jamoasi chempioniga aylandi. U Avstriyaning „Wolfsberg“ jamoasida oʻynagan. OSG Baden-Baden Germaniya ayollar shaxmat Bundesligasida besh marta gʻalaba qozongan va koʻp yillar davomida oʻz mavqeini saqlab qolgan.
Moser, shuningdek, ChessBase bilan kam miqdordagi oʻquv shaxmat DVDlarini nashr etdi.
Shaxsiy hayoti
Moser 2009-yilda Gratsda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritgan. U Avstriyaning „Schach-Aktiv“ shaxmat jurnalida ishlagan.
Eva Moser 2019-yil 31-martda Gratsda leykamiyadan vafot etdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org